Jud Bellingem: "Bolaligimda kriket o'ynaganman"
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Jud Bellingem: "Bolaligimda kriket o'ynaganman"

💭 Judning kichik intervyusi:

Boshqa sport turi haqida:

Bolaligimda kriket o'ynaganman. O'ylaymanki, yaxshi koordinatsiya tufayli unda muvaffaqiyatga erishishim mumkin edi.

Yosh futbolchilarga maslahat:

O'zingiz bo'lib qoling, boshqalar sizni o'zgartirishga uringanda ham o'z individualligingiz, qadriyatlaringiz va e'tiqodingizni saqlab qoling.

Terma jamoadagi do'stlar haqida:

Jahon chempionatida biz Hendo, Bern, Keyn, Din Xenderson, Elliot va Gordon bilan ko'p muloqot qilganmiz. Birgalikda Call of Duty, Wolfenstein va Skyrim o'ynaganmiz.

Morgan bilan bolaligimizdan tanishmiz, Trent bilan esa endi klubdosh hammiz.

Bo'sh vaqt haqida:

Madridda do'stlarim va oilam bilan qahva ichishga borishni va ko'chada o'tirishni yaxshi ko'raman.

Terma jamoadagi eng esda qolarli o'yin haqida:

Meksikaga qarshi safar o'yini. Biz balandlik, bosim va kuchli raqibga qarshi kurashdik, men esa o'zimni yaxshi ko'rsata oldim.

Angliya terma jamoasidagi kumiri haqida:

Bolaligimda Runi va Jerrardga qoyil qolardim, lekin hozir Bekxemni tanlayman. U meni hatto eng og'ir damlarda ham qo'llab-quvvatlagan.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!