Maykl Kerrik: «G'alabani qo'ldan chiqarganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi»
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Matbuot 👁 22

Maykl Kerrik: «G'alabani qo'ldan chiqarganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi»

🗣 Maykl Kerrik:

«Juda hafsalamiz pir bo'ldi, ayniqsa ikki marta hisobda oldinda borganimizdan keyin. Bir ochkoni qo'lga kiritdik, ammo his-tuyg'ular mag'lubiyatga teng.
Ikki gol o'tkazib yubordik? Ha, ikkita ajoyib zarba bo'ldi, lekin jamoa sifatida yaxshiroq harakat qilishimiz kerak bo'lgan vaziyatlar bor va bunga ko'z yumib bo'lmaydi. Biz kamroq gol o'tkazishimiz kerak.
Mavsum boshlanishi unchalik yomon emas. Yaxshiroq o'ynashimiz ham mumkin edi, ammo hammasi iziga tushib ketadi.
Reshford qaytganidan keyin yaxshi ko'rinmoqda. U formada, bugun undan xavf sezilib turdi. Uni almashtirishga to'g'ri keldi – u biroz noqulaylik sezdi.
Yashiradigan joyi yo'q – biz bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Jarima maydoni tashqarisidan ikkita chiroyli zarba yo'llashdi va g'alabasiz ketayotganimizdan xafamiz.
Ba'zi narsalarni yaxshiroq bajarishimiz kerak edi. Bu gollarning oldini olish uchun ishonchliroq o'ynashimiz mumkin edi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!