Ronaldinyo Endrik haqida: U istalgan chempionatda o'ynay oladi
Ronaldinyo Endrikning salohiyati haqida gapirdi va uning istalgan chempionatda, jumladan A Seriyada ham o'ynay olishiga ishonch bildirdi.
Ronaldinyo (sobiq «Barselona» vingeri): «Endrik «Milan» yoki «Roma» darajasini ko'tara oladimi? Shubhasiz. U istalgan chempionatda o'ynashga qodir. Endrik allaqachon bir nechta chempionatlarda — Braziliya, Ispaniya va Fransiyada to'p surgan va hamma joyda o'zini eng yaxshi tomondan ko'rsatgan.
Endrik hali juda yosh, shuning uchun unda A Seriyada ham muvaffaqiyatli o'zini namoyon etish uchun barcha sifat va imkoniyatlar mavjud».