Juan Kuadrado: «Shartnomam muddati tugayotgan edi va biz og'zaki kelishuvga erishgandik. «Yuventus»ga lateral kerak edi, Mattia De Shilyo esa jarohat olgandi. Men uchun Continassa («Yuventus»ning mashg'ulot bazasi) ona uyimdek edi. U yerda ishlagan insonlarni va muxlislarni yaxshi ko'rardim. Ammo bu xayrlashuv, garchi men istagandek bo'lmasa ham, futbolning bir qismi.
Afsuski, men «Inter»ga o'tdim va o'sha paytda bu raqobat qanchalik kuchli va prinsipial ekanligini anglamaganman. Men shunchaki futbol o'ynashni xohlardim — professional futbolchi bo'lganingda, bunday narsalar haqida ko'p o'ylamaysan. «Inter»ga o'tganimdan keyingina, beixtiyor butun «Yuventus» olamining tuyg'ulariga tegib qo'yganimni tushundim.
Men qolgan bo'lardim. Faoliyatimni «Yuventus»da yakunlashni istagandim. Men hech kimni xafa qilmoqchi emasdim. Ko'p yutuqlarga erishdim, klub tarixiga kirdim va vaqt o'tishi bilan menga bo'lgan munosabat yaxshi tomonga o'zgarishiga umid qilaman. Ha, bugun men xafa qilgan muxlislarimdan uzr so'rashim kerak deb hisoblayman. Umid qilamanki, ular o'sha vaqtda nima uchun «Inter»ga o'tganimni tushunishadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!