#Alessandro Nesta — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Alessandro Nesta: «Chet ellik futbolchilarni ayblash — bu bahona»

Alessandro Nesta: «Chet ellik futbolchilarni ayblash — bu bahona»

Alessandro Nesta Italiya futbolidagi muammolar haqida gapirdi va yoshlar tizimini tanqid qildi.

🚨 Alessandro Nesta Italiya futboli haqida:

«Chet ellik futbolchilarni ayblash — bu bahona!
Men yosh bo'lganimda Stam, Samuel, Blan va Tyuram bor edi.
Bular sening o'rningni egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar edi.
Chet ellik futbolchilar hech kimning o'rnini tortib olayotgani yo'q. Biz yoshlarni rivojlantirish tizimimizni qayta ko'rib chiqishimiz kerak».
Nabi Keyta: «Van Deyk A Seriyada ajoyib o'yin ko'rsatgan bo'lardi»

Nabi Keyta: «Van Deyk A Seriyada ajoyib o'yin ko'rsatgan bo'lardi»

Nabi Keyta «Liverpul»dagi sobiq jamoadoshi Virjil van Deykning «Milan»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Nabi Keyta Virjil van Deykning «Milan»ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi:

«U jahon darajasidagi himoyachi. Ishonchim komilki, u A Seriyada va «Milan» safida hamon ajoyib o'yin ko'rsatgan bo'lardi».

«Liverpul»da Virjil bilan birga to'p surgan futbolchi, shuningdek, nima uchun 2023 yilda «Milan»ga o'tmagani hamda niderlandiyalik himoyachining o'z kumiri Alessandro Nestaning sobiq klubida o'ynash orzusi haqidagi savollarga javob berdi.

O'ng ustun yangiliklari