Milan klubi afsonaviy sardori Franko Barezi xotirasiga atab, 6 per sempre (6 abadiy) deb nomlangan maxsus nishonni taqdim etdi. ❤️🖤
Ushbu nishon 2026/27-yilgi mavsum davomida klubning barcha jamoalari liboslarida aks etadi.
6️⃣ Nishonning aynan chap yengga joylashtirilishi ramziy ma'noga ega — aynan shu qo'lda Barezi 700 dan ortiq o'yinda sardorlik bog'ichini taqib maydonga tushgan.
✍️ Yozuvdagi har bir belgi afsona vafotidan so'ng muxlislar tomonidan Casa Milan'da qoldirilgan qo'lyozma xabarlar asosida yaratilgan.
Erkaklar jamoasi ushbu nishon tushirilgan libosda ilk bor 23-avgust kuni Torino'ga qarshi bahsda maydonga tushadi.
6 — bu shunchaki raqam emas. Bu Barezi. Bu sardor. Bu Milan. Abadiy. ❤️🖤
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!