Zlatan Ibragimovich Giunti nashriyoti tomonidan chop etilgan "Milan dunyoda" nomli yangi kitob uchun so'zboshi yozdi. Unda shved futbolchisi qizil-qoralar rangiga bo'lgan alohida muhabbatini tan oldi. 🔴⚫
🗣️ "Faoliyatim davomida afsonaviy liboslarni kiyganman, ajoyib shaharlarda to'p surganman va hamma joyda g'alaba qozonganman. Ammo "Milan" butunlay boshqacha edi. Bu meni qaytishga ko'ndira olgan yagona klub. Men va bu ranglar o'rtasida futbol va sovrinlardan ham ustun turadigan bog'liqlik paydo bo'ldi".
Zlatanning yana bir ta'sirli fikri:
❤️ "Birinchi marta "Milan" menga baxt hadya etgan bo'lsa, ikkinchi marta – muhabbat. Klubga yana qaytish – u va uning muxlislari sening bir bo'lagiga aylanganini anglatadi".
Ibra o'z so'zlarini "rossoneri"ga atalgan haqiqiy oda bilan yakunladi:
"Kimki bir marta "Milan"ning bir qismiga aylansa, ba'zan u yerdan hech qachon ketmaydi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!