Paolo Maldini: «Jahon chempionatidagi mag'lubiyat «Oltin to'p»dan ko'ra og'irroq botgan»
MilanAC ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 34

Paolo Maldini: «Jahon chempionatidagi mag'lubiyat «Oltin to'p»dan ko'ra og'irroq botgan»

Paolo Maldini:

«Menga «Oltin to'p»ni yutmaganim achinarli tuyuladi, ammo jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik ancha og'riqliroq bo'lgan.

Jamoaviy sportda maqsad nima o'zi? Individual sovrinlarni yutishmi yoki jamoa bilan, ayniqsa o'z mamlakating terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erishishmi?

Italiya terma jamoasining o'sha ko'k libosida jahon chempionati maydoniga tushganingda, ortingda butun bir mamlakat turganini his qilasan.

Bu tuyg'uni ta'riflab bo'lmaydi.

Agar o'sha kubokni Italiyaga olib kela olganimda, bu haqiqatan ham hayotimdagi eng katta orzuim ro'yobi bo'lardi»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!