#Xavyer Zanetti — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Xaver Zanetti Sandro Massolani xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Xaver Zanetti Sandro Massolani xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Xaver Zanetti «Inter» afsonasi Sandro Massolani xotirasiga bag'ishlab ta'sirli so'zlarini izhor qildi.

Xaver Zanetti: «Siz afsona edingiz va abadiy shunday bo'lib qolasiz. Jentlmen, o'rnak bo'ladigan inson, maydonda va hayotda chempion. «Inter» va butun dunyo bo'ylab italyan futbolining ramzi, avlodlar uchun va abadiy.

Sizdan juda ko'p narsada qarzdorman, Sandro. Men Argentinada «Inter» haqida orzu qilgan yosh bola bo'lganimda, siz men uchun eng muhim insonlardan biri edingiz. Siz meni Milanga olib kelganlardan biri bo'lgansiz, bu sovg'a uchun sizdan hech qachon minnatdor bo'lishdan to'xtamayman».
Xavyer Zanettining o'g'li "Inter" bilan shartnoma imzoladi

Xavyer Zanettining o'g'li "Inter" bilan shartnoma imzoladi

Xavyer Zanettining 14 yoshli o'g'li Tomas "Inter" U-15 jamoasi bilan 2028-yilga qadar shartnoma imzoladi.

"Inter" vitse-prezidenti Xavyer Zanettining o'g'li Tomas "Inter" U-15 jamoasi safiga qo'shildi. Hozirda Tomas 14 yoshda.

U markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi. O'tgan mavsumda u tayanch yarim himoyachi sifatida harakat qilgan bo'lsa-da, o'yin uslubiga ko'ra unga mezzala (boks-tu-boks) ampluasi mos tushadi.

Tomasning so'zlari:

Har doim orzu qilgan ranglarni kiyishdan baxtiyorman va faxrlanaman. Forza Inter, sempre!

U avval ham "Inter" akademiyasida shug'ullangan, ya'ni butun faoliyatini klub tizimida o'tkazgan. Shartnoma 2028-yilga qadar imzolangan.

Onasining so'zlari:

Bugun sen o'z orzuing sari yana bir qadam tashlamoqdasan. Biz har doim yoningda bo'lamiz, har bir qadamingda seni qo'llab-quvvatlashga va himoya qilishga harakat qilamiz. Sen allaqachon bilasan: sening uchun ko'p narsa ikki barobar ahamiyatga ega bo'ladi – ham yaxshi, ham, afsuski, yomon tomonlari bilan. Sen o'qiysan, yiqilasan, o'rningdan turasan va o'sishda davom etasan. Bu yo'lda eng muhimi – o'zingga va mohiyatingga sodiq qolishdir. Ishtiyoq, mehnat, aql va yurak bilan hech narsa noto'g'ri ketishi mumkin emas... Orzu qilishda davom et. Biz har doim yoningdaman!

Statistikasi: o'tgan mavsum akademiyada 27 ta gol urgan. Uni Mxitaryan bilan solishtirishmoqda: oyoq bilan yaxshi ishlash, otasidan meros qolgan nafislik, yaxshi tezlik, to'p uchun kurashdagi tirishqoqlik, to'psiz harakat qilish va jarima maydonchasiga o'z vaqtida kirib borish qobiliyati. Uning yuqori o'yin intellekti va qaror qabul qilish tezligi alohida qayd etilgan. Jismoniy jihatdan u hali rivojlanish bosqichida (bo'yi baland tengdoshlaridan ortda qoladi), ammo yakkakurashlardan qo'rqmaydi.

Paolo Maldinidan keyin "Milan"da sulola davom etmadi, balki "Inter"da Zanettilar bilan bu ish berar?

O'ng ustun yangiliklari