Beppe Bergomi: "Inter" Yevropada xavfliroq bo'lishi uchun "o'nlik" kerak"
Beppe Bergomi "Inter"ning Yevropadagi o'yini va jamoaga "o'nlik" pozitsiyasi uchun Niko Pas kabi futbolchi kerakligi haqida fikr bildirdi.
Beppe Bergomi: "Mening "Inter" borasidagi fikrim o'zgarmas: jamoa oldinga qadam tashlashga, Yevropada juda xavfli futbol o'ynashga urinayotgani ko'rinib turibdi. To'pni o'yinga kiritishda doimo tavakkal qilishga, katta kuchlarni to'p chizig'idan oldinga o'tkazishga va orqada birga-bir vaziyatlarni qoldirishga to'g'ri kelmoqda. Qiyinchiliklar ham shundan kelib chiqmoqda.
Har doim Niko Pas kabi "o'nlik"ni topib ko'rish fikri bo'lgan. Menimcha, ushbu jamoaga integratsiya qilingan taqdirda, uni Yevropada yanada kuchliroq qila oladigan muayyan shaxslar bor".