#Sandro Matsuola — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Milanda «Inter»ning to'rt nafar afsonaviy sardori tasvirlangan graffitilar paydo bo'ldi

Milanda «Inter»ning to'rt nafar afsonaviy sardori tasvirlangan graffitilar paydo bo'ldi

Milanda «Inter»ning to'rt nafar afsonaviy sardori — Sandro Matsola, Jachinto Fakketti, Beppe Bergomi va Xavyer Zanetti sharafiga yangi graffitilar paydo bo'ldi.

Milanda, Viale Federico Caprilli ko'chasida Piazza Lotto'dan Curva Nord'ga (interistlar tomoni) olib boruvchi yo'lda endilikda nafaqat brigada graffitilari, balki klubning 4 nafar sardori tasvirlari ham qad rostladi:

• Baffo («Mo'ylov»): Sandro Matsola. Uning otasi Valentino Grande Torino sardori bo'lgan, Sandro esa butun faoliyatini «Inter»da o'tkazgan.
• Cipe: Jachinto Fakketti. Avval sardor, keyin esa klub prezidenti bo'lgan. Uning 3-raqami abadiy unga biriktirilgan.
• Zio («Amaki»): Beppe Bergomi. 16 yoshida u allaqachon mo'ylovli edi, 18 yoshida esa jahon chempioniga aylangan.
• Pupi: Xavyer Zanetti. Bu laqab unga bolaligidan qolgan. «Inter» safida 858 ta o'yin o'tkazgan – bu klub rekordi.