Sandro Matsola: «Qachonki men birinchi marta Italiya terma jamoasi libosini kiyganimda, oyoqlarim qaltiragan. Bu libosni qo'lingga olasan va uni his qilishni istaysan. Bu fantastik narsa. Go'yoki bu haqiqiy emasdek tuyuladi.
Mening ilk o'yinim Braziliya terma jamoasiga qarshi bo'lgan. Mamma mia! Men o'yindan oldingi kechada uxlay olmaganman. Biz maydonga tushdik va hakam yonimga kelganida, men shunchaki Pelega qarab qoldim. Jamoadoshlarim menga: «Biz o'ynash uchun kelganmiz, unga tikilib turish uchun emas», deyishdi. O'sha Braziliya terma jamoasi nihoyatda ajoyib edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!