Karlos Augusto «Inter» tarixida Chempionlar ligasida ketma-ket ikkita o'yinda gol urgan uchinchi himoyachiga aylandi.
Karlos Augusto «Inter» tarixida Chempionlar ligasida ketma-ket ikkita o'yinda gol urgan uchinchi himoyachiga aylandi. U 1967-yildagi Jachinto Fakketti va 2025-yildagi Denzel Dyumfrisdan keyin ushbu natijani takrorladi.
Milanda «Inter»ning to'rt nafar afsonaviy sardori — Sandro Matsola, Jachinto Fakketti, Beppe Bergomi va Xavyer Zanetti sharafiga yangi graffitilar paydo bo'ldi.
Milanda, Viale Federico Caprilli ko'chasida Piazza Lotto'dan Curva Nord'ga (interistlar tomoni) olib boruvchi yo'lda endilikda nafaqat brigada graffitilari, balki klubning 4 nafar sardori tasvirlari ham qad rostladi:
• Baffo («Mo'ylov»): Sandro Matsola. Uning otasi Valentino Grande Torino sardori bo'lgan, Sandro esa butun faoliyatini «Inter»da o'tkazgan. • Cipe: Jachinto Fakketti. Avval sardor, keyin esa klub prezidenti bo'lgan. Uning 3-raqami abadiy unga biriktirilgan. • Zio («Amaki»): Beppe Bergomi. 16 yoshida u allaqachon mo'ylovli edi, 18 yoshida esa jahon chempioniga aylangan. • Pupi: Xavyer Zanetti. Bu laqab unga bolaligidan qolgan. «Inter» safida 858 ta o'yin o'tkazgan – bu klub rekordi.