Milanda, Viale Federico Caprilli ko'chasida Piazza Lotto'dan Curva Nord'ga (interistlar tomoni) olib boruvchi yo'lda endilikda nafaqat brigada graffitilari, balki klubning 4 nafar sardori tasvirlari ham qad rostladi:
• Baffo («Mo'ylov»): Sandro Matsola. Uning otasi Valentino Grande Torino sardori bo'lgan, Sandro esa butun faoliyatini «Inter»da o'tkazgan.
• Cipe: Jachinto Fakketti. Avval sardor, keyin esa klub prezidenti bo'lgan. Uning 3-raqami abadiy unga biriktirilgan.
• Zio («Amaki»): Beppe Bergomi. 16 yoshida u allaqachon mo'ylovli edi, 18 yoshida esa jahon chempioniga aylangan.
• Pupi: Xavyer Zanetti. Bu laqab unga bolaligidan qolgan. «Inter» safida 858 ta o'yin o'tkazgan – bu klub rekordi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!