Italiya Superkubogi qayerda o'tkazilishi mumkin?
A Seriya prezidenti Etsio Simonelli Italiya Superkubogi o'tkaziladigan joy va vaqt borasida ma'lumot berdi.
A Seriya prezidenti Etsio Simonelli Italiya Superkubogi o'tkaziladigan joy borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
Superkubok bo'yicha takliflarni kutmoqdamiz. Agar ular kutganimizdek bo'lsa, turnirni Yevropa ichida yoki tashqarisida, lekin juda uzoq bo'lmagan hududda o'tkazishimiz mumkin. Aks holda, o'yin «San-Siro»da bo'lib o'tadi, chunki reglamentga ko'ra, uchrashuv Skudetto sohibining maydonida o'tkazilishi kerak. Hozircha o'yin qayerda bo'lishini bilmaymiz, ammo katta ehtimol bilan u 22 yoki 23-dekabrda, Rojdestvo bayramigacha bo'lib o'tadi.