Djed Spence «Inter»ga o'tishga yaqin
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, Djed Spence «Inter» bilan 2031-yilga qadar shartnoma imzolaydi va yaqin orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, Djed Spence tibbiy ko'rikdan o'tish uchun juma va shanba kunlari oralig'ida Milanga yetib kelishi kutilmoqda. Angliyalik qanot himoyachisi «Inter» bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Futbolchining yillik maoshi bonuslar bilan birga 3 million yevroni tashkil etadi. ⚫️🔵