Kristian Kivu va «Inter»dagi psixologik o'zgarishlar
«Inter» futbolchilari va rahbarlari bosh murabbiy Kristian Kivuning jamoa mentaliteti va o'yin falsafasiga ta'sirini yuqori baholashmoqda.
«Inter» o'yinchilari va rahbarlarining so'nggi bir yildagi intervyularini ochib ko'rsangiz, deyarli har biri «bosh murabbiyning o'ziga xos fazilatlari va alohida yondashuvi» haqida gapirganini ko'rasiz. Sandro Bastoni, Tikus Tyuram, Xavyer Dzanetti, Beppe Marotta – ular va yana ko'plab insonlar murabbiyni «Inter» mentalitetini rivojlantirgani uchun maqtashgan.
Mavsum davomida jamoa yosh murabbiy falsafasi bilan yo'g'rildi. Ammo eng muhimi shundaki, jamoa Kivuni qabul qildi, uning g'oyalarini eshitdi va ularni maydonda amalga oshirdi. Natija – shaxsiy o'sish va jamoaviy taraqqiyot, «oltin dubl» hamda jamoa bilan ulkan birlik.
Kivu buning ustida qanday ishlagani va nimani tuzatishga ulgurgani haqida: