Xavyer Zanetti: Mourinyu bizga Chempionlar ligasini yutishimizga ishontirgandi
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 11

Xavyer Zanetti: Mourinyu bizga Chempionlar ligasini yutishimizga ishontirgandi

Netflix uchun intervyu bergan Xavyer Zanetti «Inter»ning tarixiy g'alabasi haqida so'zlab berdi:

Jozé kelishi bilan u boshqacha murabbiy ekanligini tushundim. Jozé biz uchun kalit shaxs edi, u biz Yevropada ham g'alaba qozona olishimizga ishontirdi. Biz ahil jamoa edik va hamma tayyor edi. Bu mening so'nggi imkoniyatim edi. Moratti kiyim almashtirish xonasiga kirganida, Jozé unga: «Prezident, agar beshta o'yinchi sotib olsak, Chempionlar ligasini yutamiz», degandi. Bu oson emasdi, lekin orzuimiz ushalishi uchun tinmay mehnat qildik.
«Chelsi»ga qarshi o'yinda u bizga xavotir olmaslikni, «Chelsi»ni yaxshi bilishini va agar ko'rsatmalariga amal qilsak, ularni yengishimizni aytdi. «Barselona»ga qarshi bahsda Eto'O men uchun qo'shimcha himoyachi vazifasini bajargandi. Jamoaviy ruh ustun keldi, biz bir-birimiz uchun kurashdik. Mourinyu mendan bor kuchini beradigan insonni topdi. U uchun biz oila edik, u esa biz uchun oila edi. «Bavariya»ga qarshi finaldan keyin u endi murabbiyimiz bo'lmasligini bilardik, hech kim bu haqda gapirishni istamasdi, lekin biz buni bilardik. Chempionlar ligasidagi g'alaba faoliyatimizdagi eng emotsional lahza bo'ldi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!