#Ruud Gullit — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ruud Gullit: Maradona tarixning eng yaxshi futbolchisi

Ruud Gullit: Maradona tarixning eng yaxshi futbolchisi

Ruud Gullit Diego Maradona bilan o'zaro to'qnashuvlari hamda uning o'yin uslubi haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Ruud Gullit Maradona haqida shunday deydi:

Men Maradona bilan birinchi marta to'qnashganimni eslayman. Donadoni va Anchelotti undan to'pni olib qo'ymoqchi bo'lishdi, lekin uddalay olishmadi. U nihoyatda kuchli va texnik jihatdan ajoyib edi.
Bundan tashqari, u lider edi, jamoadoshlariga har doim bor kuchini berishni uqtirardi.
Ular uni qo'pol o'yinlar bilan maydondan chiqarib yubormoqchi bo'lishdi va oxir-oqibat Goykochea uni jarohatlaganida bunga erishishdi. Uni to'xtatib bo'lmasdi. Tasavvur qiling-a, agar u bugungi himoya bilan o'ynaganida edi. Videolar, kameralar va boshqalar. Ular uni umuman to'xtata olishmasdi.
Men unga qarshi o'ynaganman va ayta olamanki, u tarixda eng yaxshisi edi.

O'ng ustun yangiliklari

Ismael Saybari Erediviziya mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Ismael Saybari Erediviziya mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Ismael Saybari Niderlandiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. G'olib 35 nafar sobiq futbol afsonasidan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi.

🏆😍 Ismael Saybari «Erediviziya mavsumining eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qo'lga kiritdi, ammo ovoz berish jarayoni o'ziga xos.

📊 Gollandiyalik 35 nafar sobiq futbol afsonasi, jumladan, masalan, Ruud Gullit va Uesli Sneyder g'olib uchun ovoz berishadi. Hakamlar hay'atining 35 nafar a'zosidan 27 nafari Saybari uchun ovoz berdi.