#Red Bull Salzburg — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Lukas Gurna-Duat “Xall Siti” futbolchisiga aylandi
Hull City ↗ Transfer

Lukas Gurna-Duat “Xall Siti” futbolchisiga aylandi

23 yoshli tayanch yarim himoyachisi Lukas Gurna-Duat “Zalsburg”dan “Xall Siti” safiga o'tdi. Transfer summasi 4 million yevroni tashkil etadi.

✅ Rasman: Lukas Gurna-Duat “Xall Siti” futbolchisiga aylandi.

23 yoshli tayanch yarim himoyachisi Avstriyaning “Zalsburg” klubidan 4 million yevro evaziga transfer qilindi. Tomonlar uch yillik shartnoma imzolashdi.

Patson Daka «Gamburg» futbolchisiga aylandi
HSV ↗ Transfer

Patson Daka «Gamburg» futbolchisiga aylandi

Patson Daka «Gamburg» bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. Zambiyalik hujumchi yangi jamoasida 27-raqam ostida to'p tepadi.

Patson Daka — «Gamburg» futbolchisi! Zambiyalik hujumchi klub bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.

💬 Patson Daka:

Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Men ishtiyoqli va shijoatli futbolchiman, vazifam — gollar urish. O'ylaymanki, jamoaga aynan shu bilan yordam bera olaman. Klubning bir nechta o'yinini tomosha qildim. Bu juda qiziqarli jamoa va uning bir qismi bo'lganimdan baxtliman. Klub rahbariyati meni juda iliq kutib oldi va boshidanoq bu yerda deyarli oilaviy muhit hukm surayotganini his qildirdi. Men uchun hammasi darhol oydinlashdi, shuning uchun uzoq o'ylashimga to'g'ri kelmadi. Ko'plab ijobiy suhbatlar bu qarorni qabul qilishimni juda osonlashtirdi.

💬 Klaus Kosta:

Patson bizning o'yin modelimiz uchun zarur bo'lgan ko'plab sifatlarga ega. U energiya, tezlik va bo'sh zonalarga chiqish qobiliyatini yuqori intensivlikdagi pressing bilan uyg'unlashtiradi. Shu tufayli u bizga ham yuqori pressingda, ham himoyadan hujumga tez o'tishda qo'shimcha imkoniyatlar beradi. Muzokaralarimiz davomida Patson juda mulohazali, kamtar va ambitsiyali inson taassurotini qoldirdi. Uning endilikda oilamizning bir qismi bo'lganidan xursandmiz.

Patson Daka Yevropaga 2017-yilda Avstriyaning «Lifering» klubi orqali kirib kelgan. Yarim yildan so'ng u «Zalsburg»ga o'tdi. Klub safidagi statistikasi: 125 ta o'yin, 68 ta gol va 27 ta golli uzatma.

2021-yil yozida Daka «Lester»ga o'tdi va o'tgan mavsum oxirigacha shu jamoada to'p tepdi: jami 165 ta o'yin, 29 ta gol va 18 ta uzatma. Zambiya terma jamoasida hujumchi 2015-yilda debyut qilgan (48 ta o'yin, 21 ta gol). «Gamburg»da zambiyalik futbolchi 27-raqam ostida harakat qiladi.

O'ng ustun yangiliklari

Alieu Njie uchun "Kristal Pelas" va "Zalsburg" kurash olib bormoqda

Alieu Njie uchun "Kristal Pelas" va "Zalsburg" kurash olib bormoqda

Alfredo Pedulla ma'lumotiga ko'ra, "Kristal Pelas" Alieu Njie uchun 20 million yevro taklif qildi, shuningdek, futbolchiga "Zalsburg" ham qiziqish bildirmoqda.

"Kristal Pelas" Alieu Njie transferi uchun taxminan 20 million yevro taklif qildi. Bu summa 12-13 million yevro miqdoridagi qat'iy to'lov va oson qo'lga kiritiladigan bonuslarni o'z ichiga oladi. 🧐

"Zalsburg" ham shved futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda.

Alfredo Pedulla xabariga ko'ra.