Ross Uilson: "Mattiasning futbol falsafasi klubimiz qarashlariga to'liq mos keladi"
«Nyukasl» sport direktori Ross Uilson yangi bosh murabbiy Mattias Yaysslening tayinlanishi haqida fikr bildirdi.
Ross Uilson:
Mattiasning boshqaruv uslubi va uning futbol falsafasi bizning sportdagi qarashlarimizga to'liq mos keladi. Uning jamoalari shijoatli va intensiv futbol namoyish etadi. Muzokaralar davomida biz uning o'yinga va ishga bo'lgan ishtiyoqini yaqqol his qildik.
Murabbiylik faoliyati davomida u o'yinchilarni rivojlantirish, jipslashgan jamoalar tuzish va eng yuqori darajada natijalarga erishish uchun zarur muhitni yarata olishini doimo isbotlab kelgan.
Uning «Red Bull Zalsburg» va «Al-Ahli»dagi muvaffaqiyatlari g'alabalarga erishish bilan birga, o'ziga xos o'yin uslubini shakllantirish qobiliyatini tasdiqlaydi. Biz Mattias klubda yaratilgan poydevorni yanada rivojlantirib, «Nyukasl»ning keyingi qadamni tashlashiga yordam bera olishiga ishonamiz.