Nyukasl futbolchilari Lyuis Xoll, Fabian Sher va Lyuis Mayli jarohat sababli safdan chiqishdi. MYU Xollga qiziqmoqda, ammo klub uni sotmoqchi emas.
🚨 Lyuis Xoll, Fabian Sher va Lyuis Mayli jarohatlari sababli o'yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo'lishdi va Taysaydga qaytishdi.
O'yinchilar tiklanish jarayonini davom ettirib, Nyukasl mashg'ulotlar bazasida individual tarzda shug'ullanishadi.
The Athletic (Kris Uo) xabariga ko'ra, MYU Xollga qiziqish bildirmoqda, ammo Nyukasl o'yinchi vakillariga himoyachini sotishni rejalashtirmayotganini ma'lum qilgan.
Fabian Sher mavsumoldi tayyorgarlik, jarohatdan tiklanish va "Nyukasl" bilan yangi shartnoma imzolagani haqida fikr bildirdi.
Fabian Sher mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni va jamoa bilan yangi shartnoma imzolagani haqida gapirdi:
Mavsumoldi tayyorgarlikning ilk kunlari odatda testlar va jismoniy yuklamalar sabab eng og'iri hisoblanadi, lekin jamoani qayta ko'rish har doim yoqimli. Uzoq tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytganimdan juda xursandman. Garchi ta'til vaqtida ham individual dasturlar asosida ishlasak-da, mavsumoldi tayyorgarlik sport formasini tiklab olish uchun zarur.
Dastlabki haftalar doimo murakkab kechadi, yugurishlar ko'p, ammo bu tayyorgarlikning bir qismi. Qolaversa, bu yangi kelgan futbolchilar bilan tanishish va ularga moslashib ketishlariga yordam berish uchun yaxshi imkoniyat.
Yangi shartnoma borasida tezda kelishib olganimizdan juda mamnunman. Bu klub men uchun nimani anglatishini tushuntirish shart emas. Bu yerda qolish har doim mening birinchi tanlovim bo'lgan.
Jarohatdan keyingi so'nggi olti oy faoliyatimdagi eng og'iri bo'ldi. Ko'p narsalarni boshdan kechirishga to'g'ri keldi. Operatsiyadan so'ng, qaytishga yaqin qolganimda infeksiya tushdi. Hammasi shu tarzda yakunlangani juda alamli bo'ldi, lekin men hali ham jamoaga foyda keltira olishimga ishonaman.
Ko'p ishladim va qaytishga tayyorman. Albatta, bunday uzoq tanaffusdan keyin optimal formaga kirish uchun vaqt kerak bo'ladi, lekin o'zimga va organizmimga ishonaman. Ushbu mavsumoldi tayyorgarligidan yanada kuchliroq bo'lib qaytish uchun foydalanmoqchiman.
«Nyukasl» direktori Ross Uilson Harvi Barns bilan shartnoma uzaytirilishi haqida fikr bildirdi.
Ross Uilson: «Harvining klubdagi statistikasi hammasini o'zi aytib turibdi. O'tgan mavsumda u yangi shaxsiy darajaga chiqdi va bu biz har kuni ko'rib turgan professionallik hamda kayfiyatni tasdiqlaydi.
Biz Barnsni kelajak rejalarimizning muhim qismi deb bilamiz, shuning uchun shartnomani uzaytirish mutlaqo mantiqiy qaror edi.
Fabian Sher va Sven Botman holatlarida bo'lgani kabi, biz Harvining tajribasini uning faoliyatidagi eng yaxshi yillar bo'lishi kutilayotgan kelgusi mavsumlarda ham jamoada saqlab qolganimizdan xursandmiz.
Hamma uning maydonda nimalarga qodirligini biladi va maydon tashqarisidagi xarakteridan ham yaxshi xabardor. Hozir u bo'lajak mavsumga to'liq e'tibor qaratgan va «Nyukasl»da erishgan barcha yutuqlarini yanada rivojlantirishni istaydi».