Mattias Yayssle Amar Dedichning jamoaga o‘tishi va uning o‘yin uslubiga mosligi haqida fikr bildirdi.
Mattias Yayssle: «Amar jamoamizga juda mos keladi. U universal futbolchi va bizning o‘yin uslubimizga yaxshi mos tushadi. Biz avval ham birga ishlaganmiz, shuning uchun uning o‘yinlarga tayyor ekanligiga shubham yo‘q».
Amar Dedich «Nyukasl» safiga o'tdi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 35,9 million yevroni tashkil etadi.
Amar Dedich «Nyukasl» futbolchisiga aylandi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 35,9 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, «Benfika» kelgusidagi transfer summasidan 17,94 foiz ulush oladi.
«Nyukasl» direktori Ross Uilson yangi futbolchi Amar Dedichning transferi haqida fikr bildirdi.
Ross Uilson: «Amar Dedichni «Nyukasl»da ko'rib turganimdan xursandman. Mattias uni juda yaxshi biladi va biz uning sifatlarini yuqori baholaymiz. U ham o'ng, ham chap qanotda o'ynay olgani uchun jamoamizni darhol kuchaytiradi, deb hisoblaymiz.
U «RB Zalsburg» va «Benfika»da maydonning har ikki tomonida ham samarali harakat qila oladigan zamonaviy qanot himoyachisi sifatida o'z saviyasini ko'rsatib bo'lgan. U bu yerda o'zini ko'rsatishga juda motivatsiyalangan».
Amar Dedich Nyukaslga o'tishga yaqin. Futbolchi ertaga Taysaydga yetib keladi va transfer rasmiylashtiriladi.
🚨 Amar Dedich ertaga Taysaydga yetib keladi, klublar bitimni yakunlash arafasida.
Kelishuv tafsilotlari tunda hal qilinadi. 23 yoshli o'ng qanot himoyachisi Mattias Yaysslening Nyukasl bosh murabbiyi sifatidagi ilk transferi bo'ladi.
Avvalroq Dedich va Yayssle RB Zalsburgda birga ishlashgan.
Amar Dedich Nyukasl safiga o'tdi. Transfer summasi 35 million yevroni tashkil etadi. Tafsilotlar Fabrisio Romano xabarida.
🚨 Amar Dedich Nyukasl futbolchisiga aylandi.
Transfer summasi 35 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, kelajakdagi sotuvdan foiz ham ko'zda tutilgan.
Benfika himoyachini tarkibda saqlab qolmoqchi edi, ammo futbolchining o'zi Nyukaslga o'tishni istadi. U murabbiy Mattias Yayssle qo'l ostida ishlashni juda xohlamoqda.
Bosniyalik himoyachi Amar Dedich «Benfika»ga o'tishga yaqin. «Nyukasl» esa tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda.
🚨 Bosniyalik o'ng qanot himoyachisi Amar Dedich yaqin kunlarda «Benfika» safiga qo'shilishi kutilmoqda. «Nyukasl» esa hamon kamida bitta, balki ikkita yarim himoyachiga muhtoj.
Nyukasl Benfika himoyachisi Amar Dedich transferi bo'yicha kelishuvni yakunlashga yaqin. Tomonlar yaqin vaqt ichida muzokaralarning so'nggi bosqichiga chiqishadi.
🚨 Nyukasl Benfika himoyachisi Amar Dedich transferi bo'yicha kelishuvni yakunlashga yaqin. Tomonlar yaqin vaqt ichida muzokaralarning so'nggi bosqichiga chiqishadi.
23 yoshli himoyachi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishilgan, shu sababli yangi qanot himoyachisi tez orada Mattias Yayssle jamoasiga qo'shilishi kutilmoqda.
Nyukaslning navbatdagi ustuvor vazifasi - yarim himoyani kuchaytirish.
Florian Plettenberg xabariga ko'ra, Nyukasl Yunayted Benfika himoyachisi Amar Dedichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
Florian Plettenberg xabariga ko'ra: 🤩
Nyukasl Yunayted Benfika bilan Amar Dedich transferi bo'yicha muzokaralarni faol olib bormoqda. Transfer summasi taxminan 30-35 million yevroni tashkil etadi.
Dedich 2031-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Dedich Mattias Yaysle bilan yaxshi munosabatda, ular RB Zalsburgda birga ishlagan va futbolchi murabbiy qo'l ostida 52 ta o'yinda maydonga tushgan.
Nyukasl Benfika himoyachisi Amar Dedichni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tomonlar transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
⚡️ "Nyukasl" "Benfika" bilan Amar Dedich transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bitim summasi taxminan 30–35 million yevroni tashkil qiladi. 23 yoshli o'ng qanot himoyachisi "Nyukasl" bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Dedich Mattias Yayssle bilan yaxshi tanish. "RB Zalsburg"da birga ishlagan davrda bosniyalik futbolchi nemis murabbiyi qo'l ostida 52 ta o'yinda maydonga tushgan.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra, Nyukasl Amar Dedich transferini yakunlashga yaqin. Tomonlar 30 million yevrodan ortiq summa bo'yicha muzokara olib bormoqda.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra:
Nyukasl Amar Dedich transferini yakunlashga yaqin turibdi! 23 yoshli qanot himoyachisi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishildi.
Dedich Nyukasl Yunaytedga o'tishni istamoqda va Benfika bilan 30 million yevrodan ortiqroq summa bo'yicha kelishuv yakuniy bosqichda.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, 23 yoshli himoyachi Amar Dedich "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turibdi. Tomonlar shaxsiy shartlar bo'yicha kelishib olishgan.
🚨 "Nyukasl" Amar Dedichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
23 yoshli qanot himoyachisi ingliz klubi bilan shaxsiy shartlar borasida kelishuvga erishgan va "Nyukasl"ga o'tishni istamoqda.
Sam C xabariga ko'ra, «Nyukasl Yunayted» «Benfika» qanot himoyachisi Amar Dedichni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Sam C xabariga ko'ra, «Nyukasl Yunayted» «Benfika» qanot himoyachisi Amar Dedichni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. 🤩
23 yoshli bosniyalik futbolchi «Nyukasl» nishonida turibdi, chunki klub yangi mavsum oldidan himoya chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Dedich avvalroq «Hrokalar»ning hozirgi bosh murabbiyi Mattias Yaysle qo'l ostida «RB Zalsburg»da ishlagan.
Aleksandr Ba jarohat oldi. «Benfika» rahbariyatining transfer siyosati Marku Silvani qiyin ahvolda qoldirmoqda.
🤩 Record Portugal:
Aleksandr Ba «Maritimu»ga qarshi o'yinda o'ng yelkasidan jarohat olib, maydonni tark etganidan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tadi.
«Benfika» ayni damda safdan chiqqan o'ng qanot himoyachisi o'rniga Chirkat va Kaminski kabi futbolchilarni moslashtirilgan rolda ishlatishga majbur bo'lmoqda.
«O'ng qanot himoyachisi yo'q» degan iboradan kelib chiqib, Marku Silva Daniel Banjakiga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ishonmayotganini tushunishimiz mumkin. Qiziq vaziyat yuzaga kelmoqda: Amara Dedichni Marku Silvaning istagiga qarshi ravishda sotib yuborishdi, Banjakiga murabbiy ishonmayapti, Ba esa jarohat oldi. Endi Dedichning sotilishi Daniel Banjakiga ko'proq o'yin vaqti berish uchun emas, balki transfer bozoridagi katta xarajatlardan so'ng moliyaviy holatni barqarorlashtirish uchun qilingani oydinlashmoqda. Shu tariqa, klub rahbariyati Marku Silvani mavsumga bitta profil o'ng qanot himoyachisi bilan qoldirmoqda. Aslida Dedichning «Nyukasl»ga sotilishining oldini olish mumkin edi, agar ular Richard Riosni transfer oynasi yopilguncha yuqori narxda ushlab o'tirmay, «Al-Ittihod»ga ijaraga berib yuborishmaganida. Nima ham derdik, Marku Silvaga klub rahbariyati va transfer bo'limidagi bunday «daholar» bilan ishlashda faqat omad va sabr tilaymiz.
Murabbiy Elanga, Vissa, Nik Voltemade va Amar Dedich haqida gapirdi, shuningdek, jamoaning transfer siyosatiga izoh berdi.
Elanga va Vissa haqida:
Ular mavsumni juda yaxshi boshlashdi va ularning o‘zini ko‘rsatayotganidan xursandmiz. Futbolda futbolchining ishlarida hammasi ham yurishmaydigan davrlar bo‘ladi.
Ammo hozir ularning mehnati o‘z natijasini bermoqda. Bizning vazifamiz ularni qo‘llab-quvvatlash, qolgan ko‘p narsa esa ularning o‘ziga qanchalik ishonishi va maydonda qancha kuch berishiga bog‘liq.
Nik Voltemadeni Yuventusga qo‘yib yuborish qanchalik qiyin bo‘ldi?
Bu oson qaror bo‘lmadi. Men Nikni ham futbolchi, ham inson sifatida juda qadrlayman. U ulkan salohiyatga ega o‘zgacha futbolchi. Biz bir necha bor juda ochiq suhbatlashdik va u o‘ziga munosib bo‘lgan o‘yin vaqtini olish uchun yangi chaqiruvni qabul qilishga qaror qildi.
Endi u top-liga va top-klubga yo‘l oldi. Men unga omad tilashimni aytdim. Ishonchim komil, u o‘zini ko‘rsata oladi va ko‘plab gollar uradi. Biz uni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz va aloqada bo‘lib turamiz.
Bu biz futbolchilarni keyinchalik sotish uchun rivojlantiradigan klub bo‘lishni xohlayotganimizni anglatadimi?
Men bunday demagan bo‘lardim. Biz qanday futbol o‘ynashni va qanday futbolchilarni taklif qilishni aniq bilamiz: yosh, iqtidorli va uslubimizga to‘liq mos keladigan futbolchilar.
Biz bu yondashuvda izchil bo‘lishni va nafaqat maydonda, balki klubning barcha bo‘limlarida rivojlanishni xohlaymiz. Bu yerga kelishga qaror qilganimning sabablaridan biri ham shu.
Amar Dedich haqida:
Uning mavsumdagi starti ajoyib bo‘ldi. Uning ligaga qanchalik tez moslashganidan juda mamnunman. U mening talablarimni allaqachon bilishi sababli unga biroz osonroq, ammo shunga qaramay, starti juda zo‘r bo‘ldi.
Transfer oynasiga 10 ballik tizimda qanday baho beraman?
Nyukaslning yangi futbolchisi Dedich klubga o'tishi va murabbiy bilan ishlash imkoniyati haqida fikr bildirdi.
🗣 Dedich: «Men uchun «Nyukasl» safiga qo'shilish o'zgacha tuyg'u va ulkan sharaf. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va ushbu klub hamda ajoyib muxlislar qarshisida maydonga tushadigan lahzani sabrsizlik bilan kutyapman.
Matthias bilan yana ishlash imkoniyati men uchun asosiy omillardan biri bo'ldi. Biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz, u mening maydonda jamoaga nimalar bera olishimni biladi va men uning qo'l ostida yana o'ynayotganimdan juda mamnunman.
Premer-ligada «Sent-Jeyms Park»da o'ynash haqiqatan ham o'zgacha bo'ladi. Bu yerdagi har bir o'yin katta voqelikdek tuyuladi, atmosfera esa aqlbovar qilmas darajada. Men boshlanishini intiqlik bilan kutyapman».
Britaniyaning The Article nashri xabariga ko'ra, Nyukasl Amar Dedich transferini yakunlash arafasida turibdi.
📰 Britaniyaning The Article nashri eksklyuziv xabariga ko'ra, Nyukasl Amar Dedich transferini yakunlash arafasida turibdi.
O'yinchi va ingliz klubi o'rtasida shaxsiy shartlar kelishib olingan; uzoq muddatli shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga erishilgan. Hozirda barcha tomonlar klublar o'rtasidagi taxminan 28 million funt sterlinglik bitimni yakunlash va so'nggi detallarni hal qilish ustida ishlamoqda.