Luciano Spalletti jamoasining o'yini, Voltemade va Kolo Muani haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
🗣 Luciano Spalletti:
"Ba'zida o'zimizga qiyinchilik tug'diramiz, ishonch va xotirjamlikni yo'qotamiz. Tez gol o'tkazib yubordik, himoyada o'zaro harakatlarni yo'lga qo'yishga ulgurmadik. Keyin yaxshi munosabat bildirdik, ammo barqaror o'ynay olmadik. O'n daqiqa bir vazifani yaxshi bajaramiz, keyin esa bizga nimadir yetishmaydi.
Ba'zi vaziyatlarda hech narsa qilmaslikka qaror qilamiz, shunchaki joyimizda qolib, qaror qabul qilib, vaziyatga munosabat bildirish o'rniga, bor holatni qabul qilamiz. Aynan qat'iyatlilik shubhalardan qutulishga yordam beradi. Shubhalanadiganlar deyarli hech narsaga erishmaydi.
Biz ikki hujumchi bilan o'ynashni tanladik, chunki raqib pressing uyushtirayotgan edi, biz esa chuqurlikdan hujum boshlashda unchalik yaxshi emasmiz. Shu sababli to'g'ridan-to'g'ri hujumchilarga o'ynashga majbur bo'ldik. Bu Voltemadening asosiy sifati emas: unga to'pni ushlab turish qiyinroq, u ko'proq kombinatsiyalar va jamoa bilan o'zaro harakatlarga yo'naltirilgan.
Kolo Muani hozir biroz yaxshiroq ko'rinmoqda. U formada bo'lib, keskinligini qaytarganida, uni istalgan pozitsiyada ishlatish mumkin — va u foyda keltiradi".
Spalletti UEFA Yevropa ligasi doirasidagi «AZ»ga qarshi bahsda Voltemadeni asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin.
Spalletti, shekilli, «AZ»ga qarshi o'yinda Voltemadega ishonch bildirish niyatida 📝
Nemis futbolchisi hozirda UEFA Yevropa ligasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi, uning hisobida uchta gol bor. Shuningdek, u xG ko'rsatkichi bo'yicha ham yetakchilik qilmoqda — 3,1.
Bild nashrining xabar berishicha, Bavariya Nik Voltemadeni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, ammo futbolchi Nyukaslga tegishli.
Bild xabariga ko'ra, Bavariya Voltemade transferini ko'rib chiqmoqda, uning Yuventusda qolish imkoniyati kam.
Bavariya hujumchi Nik Voltemadeni 2027/28-yilgi mavsum uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritdi.
Vensan Kompani chiziqlarni bog'lay oladigan va Xarri Keynga yordam bera oladigan bo'yi baland hamda texnikali o'yinchini qo'lga kiritishni xohlamoqda.
Shu bilan birga, futbolchi bilan hozircha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar bo'lgani yo'q.
Voltemade Yuventusda Nyukasldan ijara huquqi asosida o'ynamoqda. Kelishuvda sotib olish ko'zda tutilmagan: mavsum yakunida germaniyalik futbolchi Angliya klubiga qaytishi kerak. Ijara byankoneriga bonuslarni hisobga olganda deyarli 5 mln yevroga tushdi.
Agar Bavariya Voltemadeni sotib olishga qaror qilsa, u muzokaralarni hujumchi uchun 75 mln yevro to'lagan va uni arzonga qo'yib yuborishi dargumon bo'lgan Nyukasl bilan olib borishiga to'g'ri keladi, shuning uchun Keksa sinyoraga to'laqonli o'tishga erishish qiyin bo'ladi.
Luchano Spalletti Voltemade va Kolo-Muani duetini sinab ko'rmoqchi. Bu g'oya "Sassuolo"ga qarshi o'yin oldidan test qilinadi.
Spalletti Voltemade — Kolo-Muani bog'lamasi ustida o'ylamoqda 📝
Germaniyalik futbolchi fransiyalik hujumchi ortida, ya'ni ortga surilgan hujumchi pozitsiyasida o'ynashi mumkin.
Ushbu g'oya yaqin kunlarda sinovdan o'tkaziladi. Murabbiy bu duetni "Sassuolo"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushirish kerakmi yoki zaxiradan maydonga tushirishni rejalashtirish kerakligini tushunib olishi lozim.
Murabbiy Elanga, Vissa, Nik Voltemade va Amar Dedich haqida gapirdi, shuningdek, jamoaning transfer siyosatiga izoh berdi.
Elanga va Vissa haqida:
Ular mavsumni juda yaxshi boshlashdi va ularning o‘zini ko‘rsatayotganidan xursandmiz. Futbolda futbolchining ishlarida hammasi ham yurishmaydigan davrlar bo‘ladi.
Ammo hozir ularning mehnati o‘z natijasini bermoqda. Bizning vazifamiz ularni qo‘llab-quvvatlash, qolgan ko‘p narsa esa ularning o‘ziga qanchalik ishonishi va maydonda qancha kuch berishiga bog‘liq.
Nik Voltemadeni Yuventusga qo‘yib yuborish qanchalik qiyin bo‘ldi?
Bu oson qaror bo‘lmadi. Men Nikni ham futbolchi, ham inson sifatida juda qadrlayman. U ulkan salohiyatga ega o‘zgacha futbolchi. Biz bir necha bor juda ochiq suhbatlashdik va u o‘ziga munosib bo‘lgan o‘yin vaqtini olish uchun yangi chaqiruvni qabul qilishga qaror qildi.
Endi u top-liga va top-klubga yo‘l oldi. Men unga omad tilashimni aytdim. Ishonchim komil, u o‘zini ko‘rsata oladi va ko‘plab gollar uradi. Biz uni diqqat bilan kuzatishda davom etamiz va aloqada bo‘lib turamiz.
Bu biz futbolchilarni keyinchalik sotish uchun rivojlantiradigan klub bo‘lishni xohlayotganimizni anglatadimi?
Men bunday demagan bo‘lardim. Biz qanday futbol o‘ynashni va qanday futbolchilarni taklif qilishni aniq bilamiz: yosh, iqtidorli va uslubimizga to‘liq mos keladigan futbolchilar.
Biz bu yondashuvda izchil bo‘lishni va nafaqat maydonda, balki klubning barcha bo‘limlarida rivojlanishni xohlaymiz. Bu yerga kelishga qaror qilganimning sabablaridan biri ham shu.
Amar Dedich haqida:
Uning mavsumdagi starti ajoyib bo‘ldi. Uning ligaga qanchalik tez moslashganidan juda mamnunman. U mening talablarimni allaqachon bilishi sababli unga biroz osonroq, ammo shunga qaramay, starti juda zo‘r bo‘ldi.
Transfer oynasiga 10 ballik tizimda qanday baho beraman?
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Nik Voltemade so'nggi transfer oynasida «Barselona»ga taklif qilingan, ammo yakunda «Yuventus»ga o'tgan.
🚨 Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Nik Voltemade so'nggi transfer oynasi kunlarida «Barselona»ga taklif qilingan, biroq o'sha vaqtda Gabriel Jezusning transferi deyarli yakunlangan edi.
Natijada, germaniyalik hujumchi ijara asosida «Yuventus» safiga o'tdi.
«Yuventus» «Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemadeni bir yillik ijaraga oldi. Turinliklar ushbu transfer uchun 3.6 million yevro sarflashdi.
«Yuventus» 24 yoshli germaniyalik hujumchi Nik Voltemadeni «Nyukasl»dan bir yillik ijaraga oldi. Kelishuv 2.8 million yevro va 0.5 million yevro bonuslarni o'z ichiga oladi. Agentlik xarajatlari esa 0.8 million yevroni tashkil etadi.
Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:
● «Nyukasl» Voltemadeni 2025-yil yozida «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. Besh yillik shartnoma bo'yicha yillik amortizatsiya 15 million yevroni tashkil etadi va bu xarajat ijara davrida ham «qarg'alar» hisobida qoladi.
● «Nyukasl» ijara evaziga 2.8 million yevro ishlab oladi, bonuslar esa faqat shartlar bajarilganda to'lanadi. Shu bilan birga, klub maosh va bonuslar hisobiga 10 million yevro tejab qoladi.
● «Yuventus» uchun ijara jami 3.6 million yevro va futbolchining maoshiga tushadi. Bonuslar ham shartlar bajarilganda hisoblanadi.
Bu «Yuventus» uchun juda oqilona bitim, «Nyukasl» uchun esa og'riqli tanlov. Turinliklar atigi 3.6 million yevro evaziga bir yil avval 75 million yevroga baholangan hujumchini qo'lga kiritib, David ketganidan keyin yuzaga kelgan muammoni tavakkalsiz hal qilishdi. «Nyukasl» esa klub tarixidagi eng qimmat transfer yangi murabbiy qo'l ostida o'zini ko'rsata olmaganini tan olmoqda.
Nik Voltemade «Yuventus» safiga kelib qo'shildi. Transfer tafsilotlari ma'lum qilindi.
🖤 Rasman | Nik Voltemade — «Yuventus»ning yangi o'yinchisi ✔️
💰 Ijaraga olish uchun 2,8 million yevro, 2027-yilgacha + 0,8 million yevro qo'shimcha xarajatlar. Shuningdek, muayyan sport natijalariga erishilganda 0,5 million yevrogacha bonuslar ko'zda tutilgan.
Di Marzio xabariga ko'ra, «Yuventus» Devid ketgan taqdirda hujum chizig'iga Zirkze yoki Voltemadeni olib kelmoqchi.
Di Marzio xabariga ko'ra, agar Devid jamoani tark etsa, «Yuventus» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ikkita variant ustida ishlamoqda: nafaqat Zirkze, balki Voltemade ham ko'rib chiqilmoqda 👀
Napoli qishki transferlar oynasida yangi futbolchilarni tarkibga qo'shmaydi. Jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish rejalaridan voz kechdi.
⛔️ Napoli qishki transferlar oynasida katta ehtimol bilan yangi futbolchilarni tarkibga qo'shmaydi.
📌 Jamoa hujum chizig'ini kuchaytirishi kutilayotgan edi. Insayderlar Gabriel Jezus, Nik Voltemade va Mark Giyu nomlarini tilga olishgandi.
📌 Juma oqshomi ko'p narsaga oydinlik kiritdi. Milan futbolchisi Rafael Leau Birmingemga emas, Istanbulga ketishga qaror qildi. Bu shuni anglatadiki, Lang Napolida qoladi va braziliyalik yoki germaniyalik futbolchi uchun ro'yxatdan joy bo'shamaydi.
📌 Giyu uchun joy bor edi, ammo ispaniyalik futbolchi Germaniyani tanladi.
Mattias Yayysle transferlar, Niko Gonsalesning Nyukaslga o'tishi hamda Nik Poup va Nik Voltemade atrofidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi.
Mattias Yayysle "Tottenhem"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:
Bugun ertalab qilgan birinchi ishim — transferlar bo'yicha ishlarni tezlashtirishni yana bir bor so'rash bo'ldi. Ammo rahbariyat va Ross ajoyib ishni amalga oshirmoqda. Biz oqilona harakat qilishga va vahimaga berilmaslikka harakat qilyapmiz. Men juda optimistik kayfiyatdaman va hali yana nimadir sodir bo'ladi, deb o'ylayman.
Niko Gonsalesni ko'ndirishimga ko'p vaqt ketmadi. Shunday muxlislar va shunday tarixga ega bo'lgan klubning o'zi hammasini aytib turibdi — "Nyukasl Yunayted" o'zgacha klub. Biz qanday futbol o'ynashni xohlayotganimizni aniq bilamiz, jasorat bilan harakat qilishni istaymiz. O'ylaymanki, bularning barchasi o'z rolini o'ynadi va oxir-oqibat uni bizga qo'shilishga ishontirdi.
Niko allaqachon jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashdi va juda yaxshi ko'rinmoqda. U "Tottenhem"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Albatta, unga biroz vaqt kerak bo'ladi, ammo u juda aqlli futbolchi va ulkan salohiyatga ega. Hozirning o'zidayoq uning darajasi juda yuqori. O'ylaymanki, u bizning tizimimiz va o'yin uslubimizga tezda moslashadi.
Nik Poupning kelajagi? Bu boradagi vaziyat Nik Voltemade bilan bo'lgani kabi. U "Nyukasl Yunayted" futbolchisi va matbuot anjumanida bunga qo'shimcha qiladigan gapim yo'q.
Voltemade va "Napoli" haqidagi mish-mishlarga kelsak, butun hurmatim bilan aytaman, bu men matbuot anjumanida muhokama qilmoqchi bo'lgan mavzu emas. Kecha ham Nik biz uchun qanchalik muhim ekanini aytgandim. Qo'shimcha qiladigan gapim yo'q.
Nik Voltemade "Yuventus"ning asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilmoqda. "Neymegen"ga qarshi o'yinda hujumda unga Gonsales va Konseysau yordam beradi.
Nik Voltemade payshanba kuni "Neymegen"ga qarshi o'yinda "Yuventus"ning asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilmoqda 📝
Hujumda uni Niko Gonsales va Fransishku Konseysau qo'llab-quvvatlashadi.
La Stampa xabariga ko'ra, Luchano Spalletti uchta markaziy himoyachi sxemasiga moyillik bildirmoqda: dastlabki daqiqalardan Gatti, Bremer va Lukumi maydonga tushishi ehtimoli yuqori.
Spalletti hujumda Voltemade va Kolo Muanini birga sinab ko'rmoqda. Shuningdek, Kambyazo, Sarr va Makkennining jarohatlari haqida yangiliklar.
Mening ma'lumotlarimga ko'ra, Spalletti Voltemade va Kolo Muanini birga o'ynatishni mashq qildirgan 👀
Hali qilinadigan ishlar hajmi juda katta, biroq menga aytishlaricha, bu g'oya shunchaki o'ylab topilmagan. Qolaversa, hozirda murabbiyda hujum chizig'i uchun boshqa variantlar deyarli yo'q.
ℹ️ «Kambyazo tiklanish jarayonida hali ortda qolmoqda: agar u terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusgacha safga qayta olsa, juda hayron qolaman. Sarr esa «Sassuolo»ga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'iga o'tirishi mumkin, bugun esa Makkennining yakshanbaga qadar tayyor bo'lish imkoniyatlari borasida pessimistik kayfiyat ustunlik qildi»
«Yuventus» bosh murabbiyi Spalletti Nik Voltemadeni friz zotli otga qiyoslab, uning jismoniy holati va xarakteri haqida gapirdi.
🤨 «Yuventus» bosh murabbiyi Spalletti Voltemade haqida shunday dedi:
«Menda friz zotli ot bor va Nik menga xuddi o'sha otni eslatadi. U kelishgan, go'yo toshdan yo'nilgandek, jismoniy jihatdan biroz vahima uyg'otadi, aslida esa juda mehribon, uni silashga va ustiga minib yurishga ruxsat beradi».
Luchano Spalletti Kolo Muanini himoya qilib, tanqidchilarga javob qaytardi va jamoaning yangi o'yinchisi Voltemade haqida fikr bildirdi.
Luchano Spalletti:
Kolo Muani manziliga aytilgan hushtaklar muammo borligini anglatadimi? Chempionat yakunida o'z so'zlaringizni qaytib olishga majbur bo'lganingizda, haqiqiy muammo sizda yuzaga keladi. Bu faqat sizning muammoingiz bo'ladi va siz hali bundan afsuslanasiz.
Voltemadedan nima kutish kerak? Biz hali uning haqiqiy darajasini bilib olishimiz kerak va buni muxlislar bilan birgalikda qilamiz. Yigitda ajoyib salohiyat bor, u baquvvat, kuchli hujumchi va vaziyatlardan foydalanishda bizga aniq keskinlik qo'shadi.
Gatti xuddi haqiqiy hujumchi kabi gol urdi? Uning o'ziga xos sifatlari bor: raqib jarima maydonchasida bo'lganida, u har doim gol ura olishiga ishonadi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'plar bilan bog'liq ba'zi vaziyatlarda shunchaki omadimiz kelmadi. Kolo Muanida ham o'zini himoyachilardan bo'shatgan vaziyat bo'ldi, ammo unga omad yetishmadi. Shunga qaramay, maydonda qilgan ishlarimizdan mamnunmiz.
Luciano Spalletti Randal Kolo Muaniga bo'lgan ishonchi haqida gapirdi va unga mavsum oxirigacha tayanishini ma'lum qildi.
Luciano Spalletti: «Noaniq uzatmalar jiddiy muammo yoki raqiblar uchun ustunlikka aylanadimi? Bilmadim, buni ko'ramiz. Ammo Nik [Voltemade] bo'yi baland va bosh bilan yaxshi o'ynaydi, shuning uchun bu variantdan foydalanish mumkin.
Kolo Muaniga kelsak, men unga ishonch bildirdim va fikrimni o'zgartirmoqchi emasman. Men uni shaxsan asosiy hujumchi sifatida tanladim, shuning uchun uni to'liq qo'llab-quvvatlayman va mavsum oxirigacha unga ishonaman. Chempionat yakunida esa xulosalar qilamiz va bu tanlov nimaga olib kelganini ko'ramiz».
Luciano Spalletti yangi futbolchi Nik Voltemadening imkoniyatlari va uning jamoa o'yiniga qanday moslashishi haqida fikr bildirdi.
Luciano Spalletti:
Voltemadeni hujumning oldingi chizig'iga o'tkazish? Bu bizning o'yin imkoniyatlarimizni kengaytiradi. O'yinchini darvozaga yaqinroq joylashtirsangiz, bu har doim foydali bo'ladi — gol urish motivatsiyasi futbolchilarni yanada kuchliroq ruhlantiradi. Men uni kuzatgan qisqa vaqt ichida, u ikkala vazifani ham uddalay olishini tushunib yetdim. U chuqurroqqa tushib, to'p qabul qila oladi, shu bilan birga keyingi harakatlar uchun bo'shliq topa oladi. Uning o'ng va chap oyog'i bilan zarbasi joyida, boshi bilan ham a'lo darajada o'ynaydi, chunki to'pni havoda o'zi qidiradi. Unda kerakli sport g'azabi va shijoat bor. Uning xususiyatlari bizga ko'p foyda keltirishi mumkin va bizning vazifamiz — ulardan to'g'ri foydalanish.
Voltemade o'ynay oladimi? Men uni dastlabki daqiqalardan maydonga tushirishni rejalashtirmayapman. Ammo biz uni imzoladik, unga ishonamiz, shuning uchun u o'yin davomida maydonga tushishi ehtimoli katta. Nik juftlik hujumchisi sifatida o'ynay oladi, sheriklarini yaxshi his qiladi va jamoaviy harakatlarga kirisha oladi. U son jihatdan ustunlik yaratadi va himoyachilar uning ortidan chiqib ketganda hosil bo'lgan bo'sh zonalarga yorib kiradi. U Kolo Muani bilan bog'lamda juda yaxshi harakat qilishi mumkin — unga vertikal uzatmalar berish va havodagi kurashlarda foydalanish mumkin. Bularning barchasi amalda qanday ishlashini ko'ramiz. Nik — ajoyib inson va uning xarakteridan jamoaga qanchalik oson kirishib ketayotganini darrov ko'rish mumkin. Endi faqat unga o'ynash imkonini berish qoldi va biz buni ertadan boshlaymiz.
Florian Plettenberg xabariga ko'ra, Nyukasl Yunayted Nik Voltemadeni ijaraga olish bo'yicha Yuventus bilan muzokaralar olib bormoqda.
🚨 Nyukasl Yunayted hozirda Nik Voltemadening ijara transferi bo'yicha Yuventus bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib bormoqda.
Hozirgi taklif qilinayotgan kelishuv — sotib olish opsiyasisiz to'g'ridan-to'g'ri ijara.
Boshqa klublardan ham so'rovlar bor, biroq hozircha poygada Yuventus yetakchilik qilmoqda. Qaror Voltemadening o'ziga bog'liq. Hozircha yakuniy kelishuv yo'q.
Nik Voltemade "Nyukasl Yunayted"dan ijara asosida ketishi mumkin. Asosiy da'vogar - "Napoli".
🚨 "Nyukasl Yunayted" hujumchisi Nik Voltemadega bir nechta Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.
Klub rekordi bo‘lgan 69 million funt sterlinglik transfer oynasi yopilguniga qadar ijara asosida jamoani tark etishi mumkin.
Eng jiddiy qiziqish "Napoli" tomonidan bildirilmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, "Nyukasl Yunayted" ijara uchun katta miqdorda to‘lov olishni kutmoqda.
Shu bilan birga, "Nyukasl Yunayted" nemis hujumchisini tarkibda saqlab qolishga ham qarshi emas.
Voltemade APLning 1-turida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi va vatandoshi Mattias Yayssle qo‘l ostida zaxirada qoldi.