Nik Voltemade «Yuventus»ga o'tdi
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 18

Nik Voltemade «Yuventus»ga o'tdi

«Yuventus» 24 yoshli germaniyalik hujumchi Nik Voltemadeni «Nyukasl»dan bir yillik ijaraga oldi. Kelishuv 2.8 million yevro va 0.5 million yevro bonuslarni o'z ichiga oladi. Agentlik xarajatlari esa 0.8 million yevroni tashkil etadi.

Moliya masalasiga to'xtaladigan bo'lsak:

● «Nyukasl» Voltemadeni 2025-yil yozida «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. Besh yillik shartnoma bo'yicha yillik amortizatsiya 15 million yevroni tashkil etadi va bu xarajat ijara davrida ham «qarg'alar» hisobida qoladi.

● «Nyukasl» ijara evaziga 2.8 million yevro ishlab oladi, bonuslar esa faqat shartlar bajarilganda to'lanadi. Shu bilan birga, klub maosh va bonuslar hisobiga 10 million yevro tejab qoladi.

● «Yuventus» uchun ijara jami 3.6 million yevro va futbolchining maoshiga tushadi. Bonuslar ham shartlar bajarilganda hisoblanadi.

Bu «Yuventus» uchun juda oqilona bitim, «Nyukasl» uchun esa og'riqli tanlov. Turinliklar atigi 3.6 million yevro evaziga bir yil avval 75 million yevroga baholangan hujumchini qo'lga kiritib, David ketganidan keyin yuzaga kelgan muammoni tavakkalsiz hal qilishdi. «Nyukasl» esa klub tarixidagi eng qimmat transfer yangi murabbiy qo'l ostida o'zini ko'rsata olmaganini tan olmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!