Nyukasl Yunayted darvozaboni Nik Poup klub rejalariga kirmayapti va jamoani tark etishi mumkin. Chris Waugh ma'lumotiga ko'ra.
🚨 Hozircha Nyukasl Yunayted aniq sotmoqchi bo‘lgan yagona futbolchi — Nik Poup.
34 yoshli darvozabon Yayssle rejalariga kirmaydi, biroq angliyalik futbolchi bo‘yicha hali takliflar kelib tushmagan. Ehtimol, Poup ijara asosida klubni tark etadi.
Jo Uillok va Jeykob Myorfi katta ehtimol bilan klubda qoladi.
Mattias Yayysle transferlar, Niko Gonsalesning Nyukaslga o'tishi hamda Nik Poup va Nik Voltemade atrofidagi mish-mishlar haqida fikr bildirdi.
Mattias Yayysle "Tottenhem"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:
Bugun ertalab qilgan birinchi ishim — transferlar bo'yicha ishlarni tezlashtirishni yana bir bor so'rash bo'ldi. Ammo rahbariyat va Ross ajoyib ishni amalga oshirmoqda. Biz oqilona harakat qilishga va vahimaga berilmaslikka harakat qilyapmiz. Men juda optimistik kayfiyatdaman va hali yana nimadir sodir bo'ladi, deb o'ylayman.
Niko Gonsalesni ko'ndirishimga ko'p vaqt ketmadi. Shunday muxlislar va shunday tarixga ega bo'lgan klubning o'zi hammasini aytib turibdi — "Nyukasl Yunayted" o'zgacha klub. Biz qanday futbol o'ynashni xohlayotganimizni aniq bilamiz, jasorat bilan harakat qilishni istaymiz. O'ylaymanki, bularning barchasi o'z rolini o'ynadi va oxir-oqibat uni bizga qo'shilishga ishontirdi.
Niko allaqachon jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashdi va juda yaxshi ko'rinmoqda. U "Tottenhem"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Albatta, unga biroz vaqt kerak bo'ladi, ammo u juda aqlli futbolchi va ulkan salohiyatga ega. Hozirning o'zidayoq uning darajasi juda yuqori. O'ylaymanki, u bizning tizimimiz va o'yin uslubimizga tezda moslashadi.
Nik Poupning kelajagi? Bu boradagi vaziyat Nik Voltemade bilan bo'lgani kabi. U "Nyukasl Yunayted" futbolchisi va matbuot anjumanida bunga qo'shimcha qiladigan gapim yo'q.
Voltemade va "Napoli" haqidagi mish-mishlarga kelsak, butun hurmatim bilan aytaman, bu men matbuot anjumanida muhokama qilmoqchi bo'lgan mavzu emas. Kecha ham Nik biz uchun qanchalik muhim ekanini aytgandim. Qo'shimcha qiladigan gapim yo'q.
Nik Poup «Nyukasl»da qolishi kutilmoqda. Darvozabonning potensial da'vogar klublarida joylar band etilgan.
🚨 Nik Poup, katta ehtimol bilan, «Nyukasl» safida qoladi.
Ayni damda potensial da'vogar klublarda darvozabonlar pozitsiyasi band etilgan. Agar yaqin kunlarda ularning posbonlari jarohat olmasa yoki kutilmagan taklif tushmasa, 34 yoshli Poup «Sent-Jeyms Park»da qoladi va o'z shartnomasining so'nggi yilini boshlaydi.
Matias Yayssle Nik Poupning jamoadagi kelajagi va ular o'rtasidagi suhbat haqida gapirdi.
Matias Yayssle Nik Poupning kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
Men Nik bilan gaplashib oldim. Uning faoliyati davomida erishgan barcha yutuqlarini juda qadrlayman. U hozirgi vaziyatni juda yaxshi tushunib turibdi va biz eng maqbul yechimni topishimiz kerak. Lekin men uni ham futbolchi, ham inson sifatida har doim qadrlayman.
Mattias Yayysle "Nyukasl"ning "Bornmut"ga qarshi o'yini oldidan tarkibdagi o'zgarishlar, transferlar va futbolchilarning holati haqida fikr bildirdi.
Mattias Yayysle "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:
Vissaning maqtovlari haqida:
Bunday gaplarni Vissadan eshitish yoqimli. Ammo eng muhimi, yigitlarning o‘zlari ajoyib ish qilishmoqda. Men buni La-Mangadagi yig‘inning ilk kunidayoq his qilganman: ular ishtiyoq bilan yondashmoqda, yangi g‘oyalarga ochiq, o‘rganishni xohlashadi, tez moslashishmoqda va rivojlanishmoqda. Ularning maydonga chiqib, har bir to‘p uchun kurashayotganini ko‘rish juda yoqimli. Umid qilamanki, shanba kuni ham shu ruhda davom etamiz.
Fernandes-Pardoni qayerda o'ynatgan ma’qul?
Hujumimizda bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. O‘ylaymanki, dam olish kunlari Marko Roze uchun ham buni hal qilish oson bo‘lmaydi.
Lyuis Holl haqida:
Ishonchim komilki, qishda ham unga qiziqish bo‘ladi, boshqa ko‘plab futbolchilarimizga bo‘lgani kabi. Ammo biz, albatta, unga ishonamiz. Lyuisning salohiyati juda katta, u allaqachon juda yuqori darajada o‘ynamoqda. Shu bilan birga, u bundan ham ko‘prog‘iga qodirligini tushunamiz. Uning jamoamiz tarkibida ekanidan juda xursandmiz va umid qilamizki, bu uzoq vaqt davom etadi.
Nik Poup bilan nima bo‘ladi?
Ayrim mamlakatlarda transfer oynasi hali ham ochiq. Bir necha hafta oldin Nik bilan klubdagi holati haqida juda ochiq suhbatlashdik. Ammo transfer faqat klubga bog‘liq emas — futbolchining o‘zi, agenti va boshqa tomonlarning ham qarori bor. Hozircha u jamoaning bir qismi. Nikning klub uchun qilgan barcha ishlarini va hozirgi vaziyatga professional munosabatini juda qadrlayman.
Yozgi transferlar oynasi haqida:
Transfer bozoridagi ishlarimiz hozir "Nyukasl Yunayted" boshdan kechirayotgan o‘tish davrini juda yaxshi aks ettiradi. Biz nafaqat futbolchilarni sotib oldik, balki katta pullarga futbolchilarni ham sotdik. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumga nisbatan tarkibning o‘rtacha yoshini sezilarli darajada kamaytirdik. Bularning barchasi kelajak uchun tanlagan dadil yo‘limizga mos keladi. Ishonchim komilki, bu bizga muvaffaqiyat olib keladi.
Nik Poup «Nyukasl»ni tark etishi mumkin. Darvozabon bilan «Ipsvich» va «Seltik» klublari qiziqmoqda.
🚨 Nik Poupga klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar berildi. Hozircha darvozabon bo'yicha rasmiy takliflar kelib tushmagan, biroq «Ipsvich» va «Seltik» futbolchining vaziyatini kuzatmoqda.