"Nyukasl" "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan Lyuis Xollni sotish niyatida emas. Klub himoyachini tarkibda olib qolmoqchi.
🚨 "Nyukasl" yozgi transferlar oynasida Lyuis Xollni qo'yib yubormoqchi emas va "Manchester Yunayted" qiziqishiga qaramay, chap qanot himoyachisini sotilmaydigan futbolchi deb hisoblamoqda.
Klub allaqachon bir nechta yirik sotuvlarni amalga oshirgani, bosh murabbiy Eddi Xau bilan bog'liq vaziyat hamda sardor Bruno Gimaraesning ketishi mumkinligi fonida muxlislar tarkibda yangi yo'qotishlar bo'lishidan xavotirda.
Biroq, Xoll masalasida "Nyukasl"ning pozitsiyasi qat'iy — klub uni sotishni rejalashtirmayapti.
"Arsenal" "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraesh uchun yangi taklif tayyorlamoqda. Futbolchi London klubiga o'tishga qiziqish bildirmoqda.
⚡️ "Arsenal"ning taklifi "Nyukasl" tomonidan Bruno Gimaraesh uchun belgilangan 80 million funt sterlingdan sezilarli darajada past.
Shunga qaramay, "kanonirlar" muzokaralardan chiqish niyatida emas. London klubi "Emireyts"ga o'tishga qiziqish bildirayotgan braziliyalik yarim himoyachi uchun yangi takliflar bilan chiqishi kutilmoqda.
Mark Douglas xabariga ko'ra, "Arsenal" Bruno Gimaraes uchun 70 million funt sterlinglik taklif rad etilishini oldindan bilar edi.
Mark Douglas xabariga ko'ra, "Arsenal" "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes uchun 70 million funt sterlinglik taklif rad etilishini oldindan bilar edi.
"Arsenal" Isak sxemasi bo'yicha harakat qilmoqchimi? Ular 1-avgust kuni 110 million funtlik taklif bilan chiqishdi va u rad etildi, keyin esa 1-sentabr kuni 125 million funtlik taklif qabul qilindi – ammo bu futbolchi ish tashlash e'lon qilganidan keyin yuz berdi.
Endi barchaning e'tibori Brunoning navbatdagi qadamiga qaratilgan. "Nyukasl" o'z xatolaridan saboq chiqarganini aytmoqda, shuning uchun nima bo'lishini kuzatamiz. O'ylaymanki, ular juda katta taklif (85 million funtdan ortiq) olmagunlaricha va tajribali o'rinbosar topmagunlaricha o'z pozitsiyalarida qat'iy turishlari kerak. Yoki "Bornmut"ning Skott borasidagi yo'lidan borib, shunchaki: sotilmaydi, takliflar ko'rib chiqilmaydi, deyishlari kerak.
"Nyukasl" transfer strategiyasini o'zgartirmoqda va kamida 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
🚨 "Nyukasl" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joau Gomes hamda "Botafogo" futbolchisi Danilo qiziqish bildirmoqda. Danilo klub sport direktori Ross Uilson bilan "Nottingem Forest"da birga ishlagan.
Shuningdek, klub ro'yxatida Germaniya va Italiya chempionatlaridan nomzodlar bor, ammo ularning ismlari hozircha oshkor etilmayapti.
Klub yozgi transferlar oynasidagi tanqidlarni tushunib turibdi, ammo hozir o'tish davri ketayotganini ta'kidlamoqda. "Nyukasl" asta-sekin tayyor yulduzlarni katta summalarga sotib olish strategiyasidan voz kechib, tarkibni shakllantirishda boshqacha yondashuvga o'tmoqda.
Klub kamida yana 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
«Nyukasl» tajribali yarim himoyachi Pyer-Emil Xoybyerg transferi ustida ishlamoqda. Klub futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
🚨 Pyer-Emil Xoybyerg «Nyukasl» ko'rib chiqayotgan tajribali yarim himoyachilar qatoridan joy olgan.
Avvalroq xabar qilinganidek, klub yoshi kattaroq o'yinchilar bilan bog'liq variantlarni o'rganmoqda va hozirda bitimning ehtimoliy shartlarini baholamoqda.
Shu bilan birga, «Nyukasl» ayni vaqtda bir yo'la bir nechta transfer yo'nalishlari bo'yicha ish olib bormoqda.