Fenerbahce Danilo bilan qiziqmoqda
Fenerbahche klubi Botafogo himoyachisi Danilo transferi bilan qiziqib qoldi.
"Fenerbahche" potentsial transferlar ro'yxatiga "Botafogo" safida to'p surayotgan Daniloni kiritdi.
Fenerbahche klubi Botafogo himoyachisi Danilo transferi bilan qiziqib qoldi.
"Fenerbahche" potentsial transferlar ro'yxatiga "Botafogo" safida to'p surayotgan Daniloni kiritdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Danilo «Manchester Yunayted»ga taklif qilingan, biroq klub hozircha bu transferga qiziqish bildirmayapti.
🗣️ Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Danilo «Manchester Yunayted»ga taklif qilindi, ammo klub hozircha bu variant ustida ishlamayapti.
Ayni damda «Yunayted» uchun boshqa transfer maqsadlari ustuvor hisoblanadi.
"Nyukasl" transfer strategiyasini o'zgartirmoqda va kamida 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
🚨 "Nyukasl" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joau Gomes hamda "Botafogo" futbolchisi Danilo qiziqish bildirmoqda. Danilo klub sport direktori Ross Uilson bilan "Nottingem Forest"da birga ishlagan.
Shuningdek, klub ro'yxatida Germaniya va Italiya chempionatlaridan nomzodlar bor, ammo ularning ismlari hozircha oshkor etilmayapti.
Klub yozgi transferlar oynasidagi tanqidlarni tushunib turibdi, ammo hozir o'tish davri ketayotganini ta'kidlamoqda. "Nyukasl" asta-sekin tayyor yulduzlarni katta summalarga sotib olish strategiyasidan voz kechib, tarkibni shakllantirishda boshqacha yondashuvga o'tmoqda.
Klub kamida yana 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
🏅 Mark Douglas
«Komo», «Roma» va «Atalanta» «Botafogo» yarimhimoyachisi Danilo uchun kurashmoqda. Braziliyalik futbolchining narxi 30 million yevro etib belgilangan.
«Komo» «Botafogo» yarimhimoyachisi Danilo bilan qiziqmoqda.
25 yoshli braziliyalik futbolchi bir qator Yevropa klublari nishonida turibdi. «Komo»dan tashqari, «Roma» va «Atalanta» ham futbolchi bo'yicha so'rov yuborgan.
«Botafogo» moliyaviy qiyinchiliklar sababli o'yinchini sotishga tayyor, biroq klub Danilo uchun 30 million yevrodan kam bo'lmagan mablag' talab qilmoqda.
Sky Sports xabariga ko'ra.
Braziliyalik jurnalist Diyego Dantasning xabar berishicha, Atalanta Botafogo yarim himoyachisi Daniloni transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
📰 Braziliyalik jurnalist Diyego Dantas xabariga ko'ra:
Atalanta klubi Botafogo yarim himoyachisi Daniloni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Simon Stone ma'lumotiga ko'ra, Manchester United Botafogo yarim himoyachisi Danilo bilan qiziqmoqda.
🗣️ Simon Stone, BBC:
Manchester United Botafogo yarim himoyachisi Danilo bilan qiziqmoqda. Shu bilan birga, Manchester United uchinchi yarim himoyachini sotib olmaslik variantini ham istisno etmayapti.
Zenit Botafogo yarim himoyachisi Danilo uchun 40 million yevro taklif qildi. Futbolchiga shuningdek, Chelsi ham qiziqish bildirmoqda.
"Zenit" "Botafogo" yarim himoyachisi Danilo uchun 40 million yevro taklif qildi. "Botafogo" futbolchini raqobatchilarga kuch bermaslik uchun faqat Yevropa klublariga sotishni rejalashtirmoqda.
Canal do Manel xabariga ko'ra, Braziliya klubi ushbu taklifga hozircha javob bermadi. "Botafogo" shoshilmayapti va boshqa klublardan ham shunga o'xshash takliflar kelishini kutmoqda (markaziy yarim himoyachi bilan "Chelsi" ham qiziqmoqda).
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.