Mattias Yayysle "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan "Nyukasl"dagi vaziyat haqida gapirdi
Newcastle | UZ ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 18

Mattias Yayysle "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan "Nyukasl"dagi vaziyat haqida gapirdi

Mattias Yayysle "Bornmut"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:

Vissaning maqtovlari haqida:

Bunday gaplarni Vissadan eshitish yoqimli. Ammo eng muhimi, yigitlarning o‘zlari ajoyib ish qilishmoqda. Men buni La-Mangadagi yig‘inning ilk kunidayoq his qilganman: ular ishtiyoq bilan yondashmoqda, yangi g‘oyalarga ochiq, o‘rganishni xohlashadi, tez moslashishmoqda va rivojlanishmoqda. Ularning maydonga chiqib, har bir to‘p uchun kurashayotganini ko‘rish juda yoqimli. Umid qilamanki, shanba kuni ham shu ruhda davom etamiz.

Fernandes-Pardoni qayerda o'ynatgan ma’qul?

Hujumimizda bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. O‘ylaymanki, dam olish kunlari Marko Roze uchun ham buni hal qilish oson bo‘lmaydi.

Lyuis Holl haqida:

Ishonchim komilki, qishda ham unga qiziqish bo‘ladi, boshqa ko‘plab futbolchilarimizga bo‘lgani kabi. Ammo biz, albatta, unga ishonamiz. Lyuisning salohiyati juda katta, u allaqachon juda yuqori darajada o‘ynamoqda. Shu bilan birga, u bundan ham ko‘prog‘iga qodirligini tushunamiz. Uning jamoamiz tarkibida ekanidan juda xursandmiz va umid qilamizki, bu uzoq vaqt davom etadi.

Nik Poup bilan nima bo‘ladi?

Ayrim mamlakatlarda transfer oynasi hali ham ochiq. Bir necha hafta oldin Nik bilan klubdagi holati haqida juda ochiq suhbatlashdik. Ammo transfer faqat klubga bog‘liq emas — futbolchining o‘zi, agenti va boshqa tomonlarning ham qarori bor. Hozircha u jamoaning bir qismi. Nikning klub uchun qilgan barcha ishlarini va hozirgi vaziyatga professional munosabatini juda qadrlayman.

Yozgi transferlar oynasi haqida:

Transfer bozoridagi ishlarimiz hozir "Nyukasl Yunayted" boshdan kechirayotgan o‘tish davrini juda yaxshi aks ettiradi. Biz nafaqat futbolchilarni sotib oldik, balki katta pullarga futbolchilarni ham sotdik. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumga nisbatan tarkibning o‘rtacha yoshini sezilarli darajada kamaytirdik. Bularning barchasi kelajak uchun tanlagan dadil yo‘limizga mos keladi. Ishonchim komilki, bu bizga muvaffaqiyat olib keladi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!