Juventus Jonatan Devidning transferi bo'yicha yon berish niyatida emas
«Yuventus» Jonatan Devidni «Atletiko Madrid»ga to'liq sotib olish shartnomasi bo'yicha kelishilgan summani to'liq olishni ko'zlamoqda.
Jonatan Devid «Atletiko Madrid» safida o'zining ajoyib o'yini bilan barchani lol qoldirmoqda, biroq Ispaniya klubi futbolchini to'liq sotib olish shartnomasini rasmiylashtirishga shoshilmayapti.
«Yuventus» madridliklar mavsum yakunida narxni tushirishga urinib ko'rishidan xavotirda, ammo turinliklar hech qanday yon berishga tayyor emas.
Agar kanadalik futbolchi o'z darajasini saqlab qolsa, kelishilgan 25 million yevro to'liq hajmda to'lanishi kerak.
TuttoSport xabariga ko'ra.