Atletico Madrid Jonatan Devid transferi bo'yicha yakuniy qarorga kelgani yo'q
Fabrisio Romano va Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, «Atletiko Madrid» Jonatan Devidning transferi bo'yicha hali yakuniy qarorga kelmagan.
Fabrisio Romano va Matteo Moretto xabariga ko'ra, Jonatan Devid mavsum yakunida «Atletiko Madrid»ga doimiy asosda o'tishi haqida gapirishga hali juda erta.
Kanadalik futbolchining 25 million yevrolik tovon puli mavjud, buni ayni damda ispanlar biroz qimmat deb hisoblamoqda. Ular yakuniy qaror qabul qilishdan oldin mavsumning qolgan qismi qanday o'tishini kuzatishni istashmoqda.
Jonatan Devid mavsumni yaxshi boshlab, oltita o'yinda uchta gol urdi, ammo so'nggi paytlarda Simone tomonidan amalga oshirilayotgan ko'plab rotatsiyalar sababli kamroq o'yin vaqti olmoqda.