"Atletiko" 26 yoshli kanadalik hujumchi Jonatan Devidni "Yuventus"dan bir mavsumga ijaraga oldi. Kelishuvda 25 million yevro evaziga sotib olish huquqi ham mavjud.
Moliyaviy jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak:
● "Yuventus" Devidni 2025-yil yozida erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olgandi, shu bois futbolchining transfer qiymati balansda yo'q. Agar "Atletiko" uni 25 million yevroga sotib olsa, "Yuventus" bu mablag'ni to'liq sof foyda sifatida qayd etadi.
● Shuningdek, bu maoshlar byudjetini yengillashtirishga yordam beradi. Devid "Yuventus"da ikkinchi eng yuqori maosh oluvchi futbolchi (yiliga 11,1 million yevro) hisoblanadi, uning 50 foizdan ortig'ini "Atletiko" o'z zimmasiga oladi. Natijada, "Yuventus" hozirdanoq yiliga 5,5 million yevroni tejab qoladi.
● "Atletiko" uchun sotib olish opsiyasi amalga oshsa, besh yillik shartnoma asosida yillik amortizatsiya xarajati 5 million yevroni tashkil qiladi.
Bu tomonlar uchun qulay kelishuv. "Yuventus" tarkibni bo'shatib, kutgan natijani bermagan futbolchining maoshidan qisman qutuldi, kelajakdagi 25 million yevro esa klub uchun katta daromad bo'lishi mumkin. O'rniga esa Voltemade olib kelindi. "Atletiko" esa tavakkalsiz va moslashuvchan moliyaviy sxema asosida kerakli hujumchini qo'lga kiritdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!