Dushan Vlaxovich "Fenerbaxche"ga qarshi o'yindagi xatti-harakati uchun bir o'yinga chetlatildi. Milan Shkrinyar va Archi Braun jazosiz qoldi.
🚨 Dushan Vlaxovich derbi doirasida "Fenerbaxche" futbolchisiga nisbatan "nosportiv xatti-harakatlar" qilgani uchun 1 o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Dushan Vlaxovichning ishorasi "Sen qo'rqoqsan" degan ma'noni anglatadi. Serbiyada bu ishorani qo'rqoqlarga nisbatan ishlatishadi", — Daryan Nedelkovich, serbiyalik sport jurnalisti.
❌ Vlaxovichga o'rta barmog'ini ko'rsatgan Milan Shkrinyar va hakamni haqorat qilgan Archi Braun hech qanday jazo olishmadi.
Dushan Vlahovich «Beshiktosh» bilan muzokaralar chog'ida forma sotuvidan tushadigan 10 foizlik ulushni UNICEF'ga o'tkazishga rozi bo'ldi.
«Beshiktosh» bilan muzokaralar davomida Dushan Vlahovich forma sotuvidan 10 foiz ulush so'radi. Klub vakili Serdal Adali esa bu klub siyosatiga to'g'ri kelmasligini aytib, rad javobini berdi.
Serbiyalik hujumchi muzokaralarni to'xtatib qo'ymadi va ularni davom ettirdi. Keyinchalik u ushbu 10 foizlik ulushni UNICEF foydasiga yo'naltirish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Dushan Vlaxovich «Yuventus» bilan xayrlashdi. Hujumchi o'zining xayrlashuv maktubini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e'lon qildi.
Dushan Vlaxovich «Yuventus» bilan xayrlashdi 👋
«Ba'zida to'g'ri so'zlarni topish qiyin bo'lgan lahzalar bo'ladi. Hozir ham aynan shunday vaqt.
Turinga kelganimda katta orzuim, o'zimni ko'rsatishga bo'lgan ulkan istagim va shunday buyuk tarixga ega libosni kiyishdan faxrlanish hissi bor edi.
«Yuventus»dagi yo'lim o'z nihoyasiga yetmoqda.
Bular g'alabalar, gollar va katta quvonchga boy yillar bo'ldi, ammo qiyin damlar ham bo'lmay qolmadi. Har safar maydonga tushganimda, bor kuchimni berishga va o'zim bo'lib qolishga harakat qildim.
Zero, bu libosni kiyish — yelkalaringda Italiya futboli tarixini ko'tarib yurishni anglatadi va buning uchun har doim minnatdor bo'laman.
«Yuventus»ga, Andrea Anyelli, Jon Elkann va uning butun oilasiga, har kuni parda ortida mehnat qiladigan barcha xodimlarga, murabbiylarimga va eng avvalo, jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Biz maydonda boshqa joylarga qaraganda ko'proq vaqt o'tkazdik. Ba'zi lahzalar umrbod yodimda qoladi.
Turin shahriga rahmat — u meni qabul qildi va uyimga aylandi. Bu yerda nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham ulg'aydim.
Va «Yuventus» muxlislariga alohida tashakkur.
Har bir «oldinga» degan hayqirig'ingiz, libosimni kiygan har bir bola, gol urganimdan keyingi har bir qichqiriq va quchoq ochishlar — bular qayerga borsam ham o'zim bilan olib ketadigan xotiralardir.
Futbolda yo'llar o'zgaradi, lekin birga boshdan kechirganlarimiz o'chmaydi.
Turinni ko'plab xotiralar, minnatdorlik va o'z qalbimning bir bo'lagini shu yerda qoldirganimni bilgan holda tark etyapman.
Bu yerga «Yuventus» tarixining bir qismi bo'lish istagi bilan kelgandim. Endi esa «Yuventus» abadiy mening tariximning bir qismi bo'lib qolishini bilgan holda ketyapman.
Serbiyalik hujumchi Dushan Vlaxovich "Beshiktosh" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchi Istanbulga yetib kelmoqda.
✔️ "Beshiktosh" Dushan Vlaxovichni ko'ndirishga muvaffaq bo'ldi. Serbiyalik hujumchi bugun tunda Istanbulga uchib keladi. 26 yoshli forvard bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi, uning yillik maoshi 8 mln yevro va bonuslarni tashkil etadi. Juma kuni shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tadi.
Dushan Vlaxovich "Yuventus"dan javob kutishdan charchadi.
U maydonga imkon qadar tezroq qaytishni istaydi va uni o'z safiga qo'shib olishga eng ko'p qiziqish bildirayotgan "Beshiktosh" bilan muzokaralarni tezlashtirmoqda.
Dushan "Yuventus"ning yangi rahbariyati ko'rsatgan sovuqqonlikdan norozi. Spalletti hujumchining muxlisi bo'lishiga qaramay, Karnevali u bilan hech qachon bog'lanmagan.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Dushan Vlaxovich "Beshiktosh" taklifiga javob berishdan oldin vaqt yutishga harakat qilmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Dushan Vlaxovich "Beshiktosh" taklifiga javob berishdan oldin vaqt yutishga harakat qilmoqda. Bunga sabab, futbolchi Aleksandr Syorlot ketgan taqdirda, "Atletiko Madrid" uni o'z safiga qo'shib olishi mumkinligini biladi.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Dushan Vlaxovichni transfer qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
🚨 Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Sorlotni sotmasdan turib ham Dushan Vlaxovichni tarkibga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Yaqin kunlarda klub ichida bu borada muhokamalar o'tkaziladi.
«Atletiko» allaqachon Vlaxovich va uning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Jerar Romero "Barselona"ning transfer rejalari haqida ma'lumot berdi. Kataloniyaliklar yana to'rt nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
🛑 Jerar Romero xabariga ko'ra, "Barselona" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar kamida yana to'rt nafar yangi futbolchini o'z safiga qo'shib oladi.
Dushan Vlaxovich turk klublaridan yuqori maosh talab qilmoqda, biroq "Barselona" bilan muzokaralarda uning moliyaviy talablari ancha pastroq.
Asllani va Kristian Romero bo'yicha olib borilayotgan muzokaralar esa hozircha to'xtatib qo'yilgan.
Fabrisio Romano «Beshiktosh»ning transfer siyosati va bosh murabbiy Vinchenso Italyano haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
📰 Fabrisio Romano «Beshiktosh» haqida:
Pre'st avvalo, ular Italiyaning eng yaxshi murabbiylaridan birini olishdi. Italyano — bu top-murabbiy. Menimcha, ularda juda yaxshi transfer davri bo'ldi. Vlaxovich kabi o'yinchilar — albatta, yuqori saviyadagi futbolchi, plyus Miretti bilan sifatli yarim himoya. Trossard men uchun — katta sifat va gollarga ega bo'lgan, yetarlicha baholanmagan o'yinchi. Juda yaxshi jamoa.
Agar Italyano'ga kelajak uchun jamoa qurishga vaqt berilsa, juda va juda yaxshi ish chiqadi.
Serdal Adali "Beshiktosh" tarkibidagi futbolchilar chempionlikka qadar sotilmasligini ma'lum qildi.
Serdal Adali: "Beshiktosh"da hech kim sotilmaydi.
"Beshiktosh" biz chempion bo'lmagunimizcha har qanday takliflar uchun yopiq. Hech kim hech qayerga ketmaydi, hatto Orkun yoki Vlaxovich ham. Chunki bu jamoada haqiqiy jangovar ruh bor".
TuttoJuve nashrining xabariga ko'ra, «Yuventus» Dushan Vlaxovichning jamoadan ketganidan afsuslanmoqda.
TuttoJuve: «Yuventus» Dushan Vlaxovichning ketganidan afsusda. Serbiyalik hujumchi allaqachon «Besiktas» safida «Yuventus»ning butun hujum chizig'i birgalikda urganidan ko'proq gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Loi Openda Igor Tudor uni "Yuventus"da ko'rishni istagani hamda jamoa va Vlaxovich bilan bog'liq qiyinchiliklar haqida gapirdi.
Loi Openda:
Igor Tudor meni "Yuventus"da ko'rishni juda istagan edi. Keyin o'sha paytda klub direktori lavozimida ishlagan Damyen Komolli bilan gaplashdim va u meni shunchalik qiyin chempionatda aynan qanday reja asosida ishlatmoqchi ekanligini tushuntirib berdi.
Jonatan Devid bilan juda yaxshi tushunishgan edik, biroq jamoa himoyachilar ortidagi bo'sh zonalarga yorib kiradigan hujumchi bilan o'ynashga o'rganmagan edi, Vlaxovich esa to'pni o'zida ko'p ushlab qolish va ko'rpani o'z tomoniga tortishga moyil edi.
Timoti Vea "Beshiktosh" bilan o'yin oldidan "Marsel"dagi sardorlik roli, jamoaning holati va muxlislar haqida fikr bildirdi.
🎙️ Timoti Veaning "Beshiktosh"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani
— O'ng qanot himoyachisi sifatidagi roli haqida:
"Men maydonning istalgan pozitsiyasida o'zimni qulay his qilaman. Men ko'p ishlayapman — bu lider uchun muhim. Men jamoaga yordam berishga tayyorman."
— Turkiyadagi muhit haqida:
"Bu aql bovar qilmas darajada, biroz Marselni eslatadi. Men "Beshiktosh"ga katta hurmat bilan qarayman."
""Beshiktosh" — Turkiyaning eng yaxshi klublaridan biri. Men klubdagi ba'zi o'yinchilar bilan birga o'ynaganman. Bizda ham kuchli futbolchilar bor. Biz bu yerdagi muhit qanday ekanligini bilamiz — bu ajoyib bo'ladi. Biz yaxshi o'ynashimiz kerak."
— Tarkibdagi rotatsiya ehtimoli haqida:
"Bu murabbiyga beriladigan savol. Hammasi tayyor, barchasi o'ynashni va jamoaga yordam berishni xohlaydi. Men o'z navbatida, shu yerda ekanligimdan xursandman."
— Renn'dagi mag'lubiyat haqida:
""Renn"ga qarshi o'yin qiyin kechdi… Men o'zimga nisbatan juda talabchanman. Biz bu o'yinda g'alaba qozonishni xohlagan edik. Ammo oldinga qarash kerak. Bu hafta biz yaxshi ishladik. Biz birgalikda harakat qilishda davom etishimiz, boshimizni egmasligimiz kerak. Aynan shu narsa bizni bir oilaga aylantiradi."
— Muxlislarning xavotiri haqida:
"Agar siz "OM"ning haqiqiy muxlisi bo'lsangiz, umidsizlik bo'lmaydi. Hammasi yaxshi bo'ladi. Biz juda og'ir davrni boshdan kechirmoqdamiz, ammo juda qattiq ishlamoqdamiz. Burilish nuqtasi yaqin. Biz kurashishda davom etamiz. Xuddi shunday qolish kerak. Shaxsan men muxlislarni juda yaxshi ko'raman. Bugun qiyin, ammo ertaga yangi kun bo'ladi."
— Vlaxovich haqida:
"Biz juda yaqinmiz, Italiyada (biz "Yuventus"da bo'lganimizda) birga yashaganmiz. U shunchaki aql bovar qilmas darajada. U darvoza oldida juda kuchli. Men o'z ishimni qilaman — yaxshi himoyalanaman. U mening futboldagi eng yaqin do'stlarimdan biri."
— Sardor sifatidagi roli haqida:
"Men bunga katta g'urur bilan qarayman. Karyeram oson kechmagan. Men murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Uning bu borada men haqimda o'ylagani shunchaki aql bovar qilmas holat. Men juda minnatdorman. Men har doim sardorlik bog'ichini taqishni xohlaganman. Uni "Marsel"da olganim menga katta zavq bag'ishlaydi. Men jamoani ruhlantirib boraman. Ijobiy kayfiyatni saqlab qolish kerakligini birinchi bo'lib men aytaman. Sardor bo'lganimdan juda faxrlanaman."
Jovanni Karnevali «Yuventus»ning mag'lubiyati, loyiha rivoji, Spalletti va Vlaxovich bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
Jovanni Karnevali: «Agar natijaga qaraydigan bo'lsak, u shubhasiz salbiy. Biz «Yuventus» yo'l qo'ymasligi kerak bo'lgan bir qator xatolarga yo'l qo'ydik, garchi vaziyatlarimiz bo'lgan bo'lsa ham. Bu jamoaning shakllanishi va klub rivojlanish jarayonining bir qismi. Biz har qanday yo'l bilan g'alaba qozonishga intildik va yakunda «Sassuolo» kabi kuchli raqibga qarshi o'yinda muvozanatni yo'qotdik. Ijobiy tomoni shundaki, oxirigacha natija uchun kurashish kayfiyatini ko'rsatdik. Umid qilamanki, bu mag'lubiyat saboq bo'ladi. Shu bilan birga, ayb faqat himoyada emas, barchamizda».
Spalletti — ajoyib mutaxassis, o'z kasbining eng yaxshilaridan biri. Murabbiyni almashtirish umuman mening uslubim emas: biz loyihani rejali tarzda qurishimiz, vaqt berishimiz va sabrli bo'lishimiz kerak, shunda achchiq dori-darmonlarni ham qabul qilishga to'g'ri kelishini tushunamiz. Futbolda hamma narsa tsikllar bilan harakatlanadi — cho'qqida bo'lgan davrlar ham, pasayishlar ham bo'ladi. Bizning maqsadimiz — g'alaba qozonish, quruq gaplar esa hech narsani anglatmaydi.
Vlaxovichmi? Men yigit bilan hech qachon shaxsan gaplashmaganman. Klubga endi kelganimda, unga juda salmoqli moliyaviy taklif qilishgan, u esa buni qabul qilmagan. Men o'yinchilarning ortidan yuguradigan odamlardan emasman. Vlaxovich «Yuventus»ga hurmat ko'rsatdi, ammo uning rad javobidan keyin hammasi tugadi.
Yevropa Ligasi biz uchun eng muhim turnir, u yerda maksimal natija uchun kurashishimiz shart. Skudetto uchun to'laqonli poygaga qo'shilishimiz uchun hali ko'p ishlashimiz kerak, Yevropa Ligasi esa, garchi turnir oson bo'lmasa ham, biz uchun ajoyib imkoniyat bo'lishi mumkin».
Dushan Vlaxovich va «Yuventus» klubi shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Tomonlar moliyaviy masalada kelishuvga erishishga urinmoqda.
🫠 Vlaxovich va «Yuventus» o'rtasidagi vaziyat ijobiy tomonga o'zgardi.
Klub va futbolchi murosa topish maqsadida muloqotni qayta boshlashdi.
Moliyaviy detallar bo'yicha kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda: «byankonerilar» 6,5 million yevro sof maosh va agentga 4–5 million yevro komissiya taklif qilmoqda 💰
Dushan esa yiliga 7 million yevro maosh va qo'shimcha 8–9 million yevro imzo bonusini talab qilmoqda.