Bruno Jenezyo: ""Marsel"da munosib mag'lubiyat bilan kifoyalanib bo'lmaydi"
Bruno Jenezyo "PSJ"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va "Marsel"dagi vaziyat hamda kelajagi haqida gapirdi.
Bruno Jenezyo kechagi o'yindan so'ng:
— "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) keyin qanday his-tuyg'ularingiz bor?
Men bir xil narsani takrorlashdan biroz charchadim. Meni hatto "munosib" mag'lubiyat ham qoniqtirmaydi. Biz ko'pincha bir xil xatolar tufayli yutqazmoqdamiz. Bu umidsizlik uyg'otadi. Men jahlim chiqmagan yoki g'azabda emasman. Bu jamoa shu (yakshanba) oqshomida borini berdi va hatto imkoniyatlaridan ham yuqori natija ko'rsatdi. U Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi munosib kurash olib bordi. Ammo men bundan qoniqa olmayman. Men bu kasb bilan shug'ullanishni 2:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan kifoyalanish uchun tanlamaganman, shunchaki raqibimiz Yevropaning eng yaxshi jamoasi bo'lgani uchun emas. Men bu kasb bilan buning uchun shug'ullanmayapman. Allaqachon uch-to'rt haftadan beri bir xil holat takrorlanmoqda (Liga 1 va Yevropa Ligasida ketma-ket 5 ta mag'lubiyat).
Men o'yinchilarimga hech narsa deya olmayman, faqat diqqatni jamlash va ehtimol, tajriba yetishmasligi bundan mustasno. Hisob tenglashganda (Gomes, 72-daqiqada), his-tuyg'ular jo'sh uradi va shundan so'ng darhol qaytgan to'pdan gol o'tkazib yuboramiz (Markinyos, 75-daqiqada). Qolgan jihatlarda ular intizomli bo'lishdi, biz samarali himoyalanish uchun rejalashtirgan narsani aniq bajarishdi. Ular to'pni olib chiqishda to'g'ri harakat qilishdi, bu esa parijliklar jamoasini o'z qulaylik zonasidan chiqarib, ularga muammo tug'dirdi.
— Kelajagingizni klub rahbariyati bilan muhokama qilmoqchimisiz?
Biz buni rahbariyat bilan har kuni muhokama qilamiz. Hozir mavsumda tanaffus, biroz dam olamiz, bu bizga foyda beradi. Shuningdek, ishlashda davom etamiz, chunki bu ham bizga kerak. Ba'zi o'yinchilar terma jamoalarga ketishadi. Bundan ortiq sizga hech narsa deya olmayman. Mening iste'foga chiqish niyatim yo'q. Men vaziyatni rahbariyat, murabbiylar shtabim va o'yinchilar bilan muhokama qilaman, chunki hozirgi vaqtda men uchun eng muhimi — jamoa taraqqiyotiga erishish.
— Kiyinish xonasida muhit qanday? "Umidbaxsh mag'lubiyatlar" haqida ko'p gapirilmoqda, ammo haqiqiy xavf shundaki, bunday murakkab taqvimdan so'ng "Trua" yoki "Anje"ga qarshi o'yin oson kechadi deb o'ylash emasmi?
Mana, xavf qayerda. O'yinchilar ham, men ham mag'lubiyatdan keyin doimo umidsiz va xafa bo'lamiz. Qolganida esa haqsiz. Birinchidan, "Marsel"da "munosib mag'lubiyat" bilan kifoyalanib bo'lmaydi. Takrorlayman: mag'lubiyatlar bo'lib turadi, bu futbolning bir qismi, ammo "munosib mag'lubiyatlar" bilan, ayniqsa chempionatda ketma-ket to'rttasi bilan kifoyalanish maqbul emas. Keyin esa shunday gaplarni eshitaman: "Ha, biz kuchli raqiblar bilan o'ynadik, omadimiz kelmadi..." Kompyuter (taqvim tuzishda) bizga nisbatan juda rahm-shafqatli bo'lmadi. Axir biz yevrokuboklardagi o'yindan (1:4 "Beshiktosh" bilan) so'ng darhol "Klassiko" o'tkazmoqdamiz, raqibda esa bu muammo yo'q. Bu shunchaki tasodif.
Men ishlar bundan buyon yaxshiroq ketishini tushunib turibman. Hammaga ma'lumki, Liga 1dagi barcha o'yinlar murakkab. Va aynan juda kuchli jamoalarga qarshi o'yinlarda ochko to'plash imkoni bo'lganda, bu ishonch bag'ishlaydi va undan foyda olishga imkon beradi. So'nggi o'yinlarda omadimiz kelmadi, lekin yaxshiroq natijaga loyiq bo'lish uchun yetarlicha harakat qilmadik.