Matvey Kislyak transferi bo'yicha qarama-qarshi xabarlar
Matvey Kislyakning transferi borasida turli xil xabarlar tarqalmoqda. "Besiktas" va "Galatasaroy" futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Yagiz Sabunjuog'lu xabariga ko'ra, Matvey Kislyak "Besiktas" transfer rejasida turibdi. Futbolchi uchun "Galatasaroy" ham raqobat olib bormoqda. SSKA esa futbolchi uchun 40 mln yevro va keyingi sotuvdan 10-15% ulush talab qilmoqda.
Ertan Syuzgyun ma'lumotiga ko'ra, "Besiktas" yozda Matvey Kislyakni sotib olishga uringan. SSKA futbolchini sotishdan bosh tortgan, shu sababli muzokaralar rivojlanmagan. Qishki transfer oynasida Kislyak "Besiktas" rejalariga kirmaydi. 🤷