Anderson Taliska «Fenerbaxche»dan ketdi
Anderson Taliska «Fenerbaxche» jamoasini tark etdi. Futbolchi 1,5 mavsum davomida klub sharafini himoya qilgandi.
Rasman: Taliska jamoadan ketdi ❌
Har doim Anderson yoqardi – futboldagi eng halol «yollanma ishchilar»dan biri. U o'ziga to'langan pullarni har doim oqlagan. Oxirgi paytlarda esa yanada har tomonlama rivojlandi – hujumchi sifatida o'ynashni, pressing qilishni va jamoaga foydali bo'lishni o'rgandi.
Taliska – limitning «qurboni». Boshqacha qilib uning ketishini izohlay olmayman. Shaxsan men uchun bunday futbolchining ketishi juda qayg'uli. Bundaylar juda kam, ayniqsa bizning ligada.
Hammasi uchun rahmat, Anderson! Bu ajoyib 1,5 mavsum edi. 🤩