Serdal Adali: "Qishki transfer oynasida Uillokni qo'lga kiritmoqchimiz"
Besiktas rahbari Serdal Adali qishki transfer oynasida Uillokni jamoaga olib kelish niyatida ekanliklarini ma'lum qildi.
Serdal Adali: "Biz qishki transfer oynasida Uillokni tarkibimizga qo'shib olmoqchimiz. Bu murabbiy juda istayotgan futbolchi. U hozirgi tarkibdan juda mamnun.
Murabbiyda "uni xohlayman, buni xohlayman" degan gap yo'q, lekin kimni xohlasa, o'shani olib kelaman. Xudoga shukur, pulimiz yetarli".