Hapoel Be'er-Sheva UEFA'dan o'yinni Batumidan boshqa davlatga ko'chirishni va tomoshabinlarsiz o'tkazishni so'ramoqda.
🚨 "Hapoel Be'er-Sheva" UEFA'ga murojaat qilib, o'yinni Batumidan boshqa davlatga ko'chirishni va uni tomoshabinlarsiz o'tkazishni so'radi. Klub shaharning Turkiyaga juda yaqin joylashganini vaj qilib ko'rsatmoqda.
Yevropa ligasi doirasidagi AZ Alkmaar va Hapoel Beer-Sheva o'rtasidagi o'yin xavfsizlik sababli muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.
Hapoel Beer-Sheva muxlislariga 15-oktyabr kuni Alkmar shahrida bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi doirasidagi AZga qarshi o'yinda ishtirok etish taqiqlanadi.
Ushbu qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan Alkmar munitsipaliteti, politsiya va prokuratura tomonidan qabul qilindi. AZ klubi ushbu qarorni hurmat qilishini ma'lum qildi.
AZ uchun Isroil klubiga qarshi bahs turnirning umumiy bosqichidagi ikkinchi o'yin bo'ladi. Jamoa bundan avval Sanderlenddan 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Alkmar jamoasi yevrokuboklardagi ilk ochkolarini qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Dejan Stankovich Chempionlar ligasidan chiqib ketgach, «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi.
🚨 Dejan Stankovich «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligidan ozod etildi: murabbiy Chempionlar ligasi saralash bosqichida «Hapoel Beer-Sheva»ga qarshi bahslardan so'ng (0:1, 0:2) iste'foga chiqarildi.
O'yin o'rtasida hakam bilan tortishgani uchun Dejan maydondan chetlatilgandi. Maydonni tark etayotgan vaqtda uni o'z muxlislari hushtakbozlik bilan kuzatib qo'yishdi.
Stankovichning «Marakana»dagi faoliyati shunday qayg'uli yakun topdi.
Besiktas klubi vakili Serdal Adali Yevropa Ligasi doirasidagi Hapoel Beer-Sheva bilan o'yin Gruziyada o'tishi mumkinligini ma'lum qildi.
🚨 Match bilan "Hapoel" o'rtasidagi uchrashuv Gruziyada bo'lib o'tishi mumkin:
"Agar kutilmagan hech narsa yuz bermasa, biz Yevropa Ligasi doirasidagi "Hapoel Beer-Sheva"ga qarshi o'yinni Gruziyada, tribunada muxlislar bilan o'tkazamiz", — Serdal Adali.