Fabrizio Romano xabariga ko'ra, Aleksandar Stankovich «Inter»da qolishni istamoqda. Unga «Torino» qiziqish bildirmoqda.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra, Aleksandar Stankovich «Inter»ni yaxshi ko'radi, u qora-ko'k libosda o'zini ko'rsatib, muvaffaqiyatga erishmoqchi. Klub ham futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.
«Torino» va boshqa klublar futbolchini ijaraga olishga qiziqish bildirmoqda, ammo hozirgi kunda tomonlar hamkorlikni davom ettirishga moyil.
Dejan Stankovich Chempionlar ligasidan chiqib ketgach, «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi.
🚨 Dejan Stankovich «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligidan ozod etildi: murabbiy Chempionlar ligasi saralash bosqichida «Hapoel Beer-Sheva»ga qarshi bahslardan so'ng (0:1, 0:2) iste'foga chiqarildi.
O'yin o'rtasida hakam bilan tortishgani uchun Dejan maydondan chetlatilgandi. Maydonni tark etayotgan vaqtda uni o'z muxlislari hushtakbozlik bilan kuzatib qo'yishdi.
Stankovichning «Marakana»dagi faoliyati shunday qayg'uli yakun topdi.
«Inter» «Brentford»ning Aleksandr Stankovich uchun qilgan 40 million yevrolik rasmiy taklifini rad etdi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Inter» «Brentford»ning markaziy yarim himoyachi Aleksandr Stankovich uchun yuborgan 40 million yevrolik rasmiy taklifini rad etdi. 🥈
Dejan Stankovich o'g'li Aleksandarning «Inter» safida 5-raqamni tanlagani va uning faoliyati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Dejan Stankovich:
Biz doimiy ravishda muloqot qilamiz. Aleksandar bu qarorni juda uzoq vaqt oldin qabul qilgan: agar bir kun kelib «Inter»ga qaytsa, 5-raqamni tanlaydi. Galyardini ketganidan so'ng bu raqamni hech kim ishlatmadi. Kecha kechqurun u menga biroz bosim his qilayotganini va bu uning uchun shunchaki mayda narsa emasligini aytdi. Men unga bu shunchaki raqam ekanligini va agar uni kiyishga loyiq kimdir bo'lsa, bu aynan u ekanligini aytdim. Shunday qilib, endi do'stlarimga tarqatish uchun undan bir nechta futbolka so'rashim mumkin. Orqasida shunchaki «Stankovich» deb yoziladi, Aleksandar ismi emas. Nihoyat, men vintaj emas, balki yangi Stankovich futbolkalarini sovg'a qila olaman.
«Inter»da bunday yoshda bo'lishning o'zi katta qadam. U meni ortda qoldira oladimi, bilmayman, lekin u aniq to'g'ri yo'lda. Men uchala o'g'lim bilan ham faxrlanaman. Ular o'zlarini yaxshi tutishadi, juda ahil, bir-birlari bilan ko'p gaplashishadi va to'g'ri qarorlar qabul qilishga harakat qilishadi. Aleksandarga na men bilan, na boshqa birov bilan raqobatlashish kerak. U shunchaki o'zi bo'lishi kerak.»
Daniele Vitiello xabariga ko'ra, Aleksandar Stankovich o'zining yorqin o'yinlari bilan murabbiylar shtabini lol qoldirmoqda.
Daniele Vitiello xabariga ko'ra, shu kunlarda o'zining yorqin o'yinlari bilan e'tiborni tortayotgan futbolchi — bu Aleksandar Stankovich. U o'zining ona klubiga o'z imkoniyatlarini chuqur anglagan holda, to'pga nozik munosabatda bo'lishi hamda tor hududlarda va masofadan turib o'ynash mahorati bilan qaytdi. Bu juda yaxshi boshlanish.
Kristian Kivu Aleksandar Stankovichning jamoadagi o'rni va uning kelajagi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Kristian Kivu:
Stankovichning kelajagi haqida? Siz mening Ale haqidagi fikrimni bilasiz. Men uning jamoaning bir qismi ekanligini bilaman, u mavsum davomida har bir futbolchi ega bo'lishni istaydigan muhim o'yin daqiqalari uchun boshqalar bilan kurashmoqda. Tashqaridan kelayotgan mish-mishlarni tasdiqlay olmayman yoki inkor eta olmayman.
Di Marzio xabariga ko'ra, yarim himoyachi Stankovichning ijaraga berilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, futbolchi «Inter»ni tark etish niyatida emas.
Di Marzio xabariga ko'ra, yarim himoyachi Stankovichning ijaraga berilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qaramay, futbolchi «Inter»ni tark etish niyatida emas. U jamoa tarkibida o'z o'rnini mustahkamlashni maqsad qilgan.
Aleksandar Stankovich "Inter" klubiga bo'lgan muhabbati va otasi haqidagi iliq xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Aleksandar Stankovich otasi va "Inter" klubi haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi:
"Yoshligimdan, hatto tug'ilganimdan boshlab menga "Inter" libosini kiydirishgan. Shu bois "San-Siro"ni, "Inter"ni va muxlislarni ko'rish men uchun aqlbovar qilmas holat edi. Bolaligingda otang kimligini darrov tushunmaysan, ammo ulg'aygach, otang kimligini va "Inter" Milan hamda butun dunyo uchun nimani anglatishini tushuna boshlaysan. Shu sababli men "Inter" muxlisi bo'lib tug'ilganimdan juda xursandman va faxrlanaman. Otamdan esa doimo minnatdorman".
Sky Sport jurnalisti Luka Marketti "Inter" futbolchisi Aleksandar Stankovichning kelajagi borasidagi taxminlariga aniqlik kiritdi.
Sky Sport jurnalisti Luka Marketti "Inter"ning transfer faoliyati hamda tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi:
Luka Marketti (Sky Sport): "Stounz va Spens keldi, Jonsning kelishi kutilmoqda. Shuningdek, Akandji va Stankovichning transfer huquqlari sotib olindi. Stankovich esa endi, ehtimol, ijaraga berilishi mumkin".
Bu shunchaki Luka Marketining taxmini hisoblanadi. Twitterdagi sahifalardan biri bu xabarni noto'g'ri talqin qilib, klub futbolchini ijaraga berishga tayyor ekanligi haqida xabar tarqatgan edi.
TEAMtalk xabariga ko'ra, Davide Frattezi «Nyukasl»ga taklif etildi. «Inter» esa Aleksandr Stankovichni sotishni istamayapti.
TEAMtalk xabariga ko'ra, ayrim vositachilar «Nyukasl»ga Davide Frattezini taklif qilishgan. Angliya klubi yarim himoyachi izlamoqda va avvalroq Aleksandr Stankovichga qiziqish bildirgan edi, biroq «Inter» uni qo'yib yuborishni istamayapti.
Shuningdek, serbiyalik yarim himoyachi ortidan «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va «Brentford» klublari ham kuzatuv olib bormoqda. «Inter» esa o'z navbatida, Frattezining Premer-ligaga o'tishini muhokama qilishga tayyor.
«Inter» hujumchisi Pio Esposito jamoa maqsadlari, Aleksandar Stankovich va o'z shartnomasi borasidagi vaziyat haqida gapirdi.
«Inter»ning iqtidorli hujumchisi shartnomani uzaytirish, Aleksandar Stankovich va mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Sky Sport xabariga ko'ra, futbolchi quyidagicha fikr bildirdi:
- «Inter» asosiy jamoasidagi ikkinchi mavsumim oldinda. O'tgan mavsumda 48 ta o'yinda 10 ta gol urdingiz.
- O'tgan mavsumda kutganimizdan ham yaxshiroq natijaga erishdik. B seriyadan kelganimni hisobga olsak, o'tgan o'yin yilidan juda mamnunman. Maqsad – to'xtab qolmaslik va ishlashda davom etish. Shu bois bu mavsumda nafaqat statistika, balki futbolchi sifatida ham o'sishga intilaman.
- «Milan»ga qarshi o'yin yaqinlashmoqda – garchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham.
- Derbi – har doim o'zgacha voqea. Bolaligimdan beri ko'plab derbilarda qatnashganman, bu har doim ajoyib. O'rtoqlik o'yini bo'lsa-da, biz unga jiddiy yondashamiz.
- «Inter»ning maqsadlari? Jamoadoshlaringiz buni yashirishmayapti.
- Men ular bilan roziman, yashiradigan narsa yo'q: biz kuchli jamoamiz va bu mavsumda ham sovrinlar uchun kurashamiz.
- Aleksandar Stankovich haqida bir necha so'z.
- Uning biz bilan ekanligi ajoyib. Ale «Inter»ga 11 yoshida kelgan, men esa jamoada bir necha mavsum o'ynab bo'lgandim. Yana bir jamoada ekanligimizdan xursandman. Bu yozda unga doimiy ravishda yozib, qaytadimi yoki yo'q, deb so'rab turdim. Axir bolalikdan «Inter» asosiy tarkibida birga o'ynashni orzu qilgan do'sting bilan bir jamoada bo'lish juda yoqimli. U mashg'ulotlar va o'yinlarda yaxshi ko'rinmoqda, lekin men uchun bu kutilmagan hol emas. Endi uning kuchini boshqalar ham tushunib yetishdi.
- Muxlislar shartnomangizni uzaytirish bo'yicha yangiliklarni kutishmoqda.
- Men mutlaqo xotirjamman. «Inter»da o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Shartnoma bilan agentim va klub shug'ullanmoqda, hech qanday muammo yo'q.
Karlos Augusto "Inter" yoshlari Stankovich, Massolin va Diufning o'yiniga yuqori baho berdi.
Karlos Augusto FCINTER1908 nashriga bergan intervyusida jamoaning yosh futbolchilari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men Stankovichni yaxshi bilardim, u biz bilan ishlagan. So'nggi bir yil ichida u juda o'sganini va hozir ajoyib formada ekanligini ko'rish mumkin. Massolin ham menda katta taassurot qoldirdi, u mashg'ulotlarda juda yaxshi harakat qilmoqda. Bu ikki futbolchi bizga katta yordam bera oladi, shuningdek, ularning safiga Diufni ham qo'shgan bo'lardim. U yangi rolida jamoaga foyda keltirish uchun bor kuchini ishga solmoqda.