Dejan Stankovich «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligidan ozod etildi
Dejan Stankovich Chempionlar ligasidan chiqib ketgach, «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi.
🚨 Dejan Stankovich «Srvena Zvezda» bosh murabbiyligidan ozod etildi: murabbiy Chempionlar ligasi saralash bosqichida «Hapoel Beer-Sheva»ga qarshi bahslardan so'ng (0:1, 0:2) iste'foga chiqarildi.
O'yin o'rtasida hakam bilan tortishgani uchun Dejan maydondan chetlatilgandi. Maydonni tark etayotgan vaqtda uni o'z muxlislari hushtakbozlik bilan kuzatib qo'yishdi.
Stankovichning «Marakana»dagi faoliyati shunday qayg'uli yakun topdi.