Nair Tiknizyan «Srvena Zvezda» kiyinish xonasidagi nutqi chog'ida ko'z yoshlarini tiya olmadi. «Olimpiakos»ga o'tishidan oldin jamoadoshlari bilan xayrlashayotgan himoyachi his-tuyg'ulariga erk berdi:
«Men yig'layapman, chunki bu yerda doim samimiy bo'lganman. Maydonda har biringiz uchun jon berishga tayyor edim. Sizlarga rahmat, shu insonlarga rahmat», — dedi Nair.
«Srvena Zvezda» futbolchilari uni Gretsiyaga olqishlar va quchoqlar bilan kuzatib qo'yishdi. Tiknizyan yaqin shanba kuni «Olimpiakos» safida o'tgan mavsum Superligada 9-o'rinni egallagan «Atromitos»ga qarshi bahsda debyut qilishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!