Andoni Iraola: «Standart vaziyatlarda yomon o'ynadik»
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 22

Andoni Iraola: «Standart vaziyatlarda yomon o'ynadik»

Andoni Iraola:

«Asosiy sabab, men bugungi mag'lubiyatimizda ko'rayotgan narsa – biz standart vaziyatlardan keyin uchta gol o'tkazib yubordik. Vaholanki, chempionatda aynan shu komponent bo'yicha shu paytgacha juda yaxshi harakat qilayotgan edik.

Biz standartlar «Fenerbaxche»ning kuchli tomonlaridan biri ekanligini bilar edik. Biz jarima zarbasidan, burchak zarbasidan va hatto o'yin oxirida autdan to'pni uzoq masofaga tashlashdan keyin ham gol o'tkazib yubordik.

Bu gollar ayniqsa og'riqli, chunki biz ikki marta hisobda oldinga chiqib olgandik… ammo keyin o'zimizni yaxshiroq himoya qilishimiz kerak bo'lgan vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!