Luka Marketti Stankovichning ijaraga berilishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Transfer 👁 5

Luka Marketti Stankovichning ijaraga berilishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

Sky Sport jurnalisti Luka Marketti "Inter"ning transfer faoliyati hamda tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi:

Luka Marketti (Sky Sport): "Stounz va Spens keldi, Jonsning kelishi kutilmoqda. Shuningdek, Akandji va Stankovichning transfer huquqlari sotib olindi. Stankovich esa endi, ehtimol, ijaraga berilishi mumkin".

Bu shunchaki Luka Marketining taxmini hisoblanadi. Twitterdagi sahifalardan biri bu xabarni noto'g'ri talqin qilib, klub futbolchini ijaraga berishga tayyor ekanligi haqida xabar tarqatgan edi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!