#Lois Openda — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Lois Openda: Onam mening eng yaqin do'stim

Lois Openda: Onam mening eng yaqin do'stim

Lois Openda o'z onasi bilan bo'lgan munosabatlari va har o'yindan keyin u bilan o'yinni tahlil qilishlari haqida gapirib berdi.

Lois Openda o'z onasi haqida:

«Ijtimoiy tarmoqdagi postimda yozganimdek, u men yashashim uchun sabab bo'lgan insonlardan biri.

Biz biroz mushuk bilan itdek gaplashamiz. Ba'zan tortishib qolamiz, lekin shunga qaramay, har doim eng yaqin do'st bo'lib qolamiz.

Ko'pincha o'yin tugaganidan keyin rafiqam bilan mashinaga o'tiramiz va birinchi qiladigan ishimiz — onamga qo'ng'iroq qilish bo'ladi.

O'yin tahlilimi? Hammasi yaxshi o'tsa, u menga bu haqda aytadi, agar ishlar unchalik yaxshi ketmasa, u buni ham to'g'ridan-to'g'ri yuzimga aytadi. Ba'zida buni eshitish unchalik yoqimli emas, lekin u buni mening manfaatim uchun qiladi».

Mattyu Lui-Jan: «Tarkibni kuchaytirish uchun bir oy vaqtimiz bor»

Mattyu Lui-Jan: «Tarkibni kuchaytirish uchun bir oy vaqtimiz bor»

Mattyu Lui-Jan «Lans»ning transfer rejalari va jamoaning oldindagi maqsadlari haqida gapirdi.

Mattyu Lui-Jan: «Biz Lois Opendaning kelganidan juda mamnunmiz. Bizning ustuvor vazifamiz markaziy hujumchi pozitsiyasiga o'yinchi topish edi. Yana ketishlar va bir nechta yangi xaridlar bo'ladi. Transfer oynasi hali yopilgani yo'q, tarkibni kuchaytirish uchun bir oy vaqtimiz bor.

Bugungi mag'lubiyat bizga og'riq bermoqda, ammo u hali ustimizda ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar borligini eslatib turibdi. Maqsad — seshanba kuni «Sparta»ga qarshi o'yinda yaxshiroq natija ko'rsatish.»

O'ng ustun yangiliklari