Emerson operatsiya qilindi
Emerson jarohati sababli operatsiya qilindi va bir necha haftani o'tkazib yuboradi.
Emersonga yaqinda olgan jarohatidan so'ng baribir operatsiya qilishga to'g'ri keldi. U bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Emerson jarohati sababli operatsiya qilindi va bir necha haftani o'tkazib yuboradi.
Emersonga yaqinda olgan jarohatidan so'ng baribir operatsiya qilishga to'g'ri keldi. U bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Marseille mashg'ulotlarida Arit jamoaga qo'shildi, Emerson esa mashg'ulotlarda ko'rinmadi. Kum asosiy tarkib bilan shug'ullandi.
Arit bugun jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazdi, Emerson esa hamon yo'q. Uning o'rniga, shekilli, ertaga Kum yo'l oladi, u bugun asosiy tarkib bilan birga edi. Valero esa bugun o'rinbosarlar jamoasi bilan chempionat o'yiniga bordi (1:0 hisobida mag'lub bo'lishdi).
Marseille futbolchilari Emerson va Arit ertangi o'yinda maydonga tusha olishmaydi. Jenezio ularning holati haqida ma'lumot berdi.
Ertaga Emerson va Aritsiz o'ynaymiz, ular bugungi mashg'ulotda qatnashishmadi. Bosh murabbiy Jenezio bu borada quyidagilarni aytdi:
Ular ertangi o'yinda maydonga tusha olishmaydi, biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Batafsil ma'lumotni juma yoki shanba kuni kutmoqdamiz. Bu ayniqsa Emerson bilan bog'liq. Amin masalasiga kelsak, unda ko'proq tiklanish bilan bog'liq muammo bor, u yakshanba kuniga tayyor bo'lishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Emerson yakshanba kungi o'yinning birinchi bo'limida almashtirilgan edi, unda tizza jarohati borligi gumon qilingandi. Biroq, RMC kecha yozishicha, jiddiy jarohatdan qochishga muvaffaq bo'lingan.
Emerson «Olimpik»dan ketish niyati bo'lmaganini va klubda qolganidan xursand ekanligini ma'lum qildi.
Emerson:
«Yozgi transfer oynasi vaqtida ketishim mumkinligi haqidagi gaplar? Men hech qachon «OM»dan ketishni so'ramaganman, hech qachon. Klub qolishimni istadi, shuning uchun qoldim va bundan xursandman. Bu yerda o'zimni yaxshi his qilyapman, klubni va meni doimo qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarni juda hurmat qilaman.»
Emerson faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkin? «Yuventus», «Fiorentina» va «Santos» futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Bir necha kun oldin La Provence nashri Emerson transfer oynasining so'nggi kunlarida yangi variantlarni ko'rib chiqishi mumkinligi haqida yozgandi. Ko'rinishidan, futbolchida variantlar paydo bo'ldi.
Sezar Luis Merlo xabariga ko'ra, «Yuventus» va «Fiorentina» futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, «Santos» klubi ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
3,2 mln yevroga sotib olib, 26 mln (bonuslar bilan 32 mln) yevroga pullashdi. Kim bu daxolar?
3,2 mln yevroga sotib olib, 26 mln (bonuslar bilan 32 mln) yevroga pullashdi. Kim bu daxolar?
Bular — o‘z hujumchisi Emersonni «Ipsvich»ga sotayotgan «Tuluza»lik daxolar. Emersonni Turkiyaning «Gyoztepe» klubidan topib, Fransiyaga olib kelishgandi. U yerda futbolchi 7+3 natija qayd etdi va mana endi, 21 yoshida APLga yo‘l olmoqda.
Emerson o‘zini superto‘purar sifatida ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, to‘psiz harakatlanish va tezkor manyovrlarda (rivoklarda) daxshatli o‘yin namoyish etdi. Fransiyaning DataScout kompaniyasi statistikasiga ko‘ra, Emerson — rivoklar bo‘yicha haqiqiy maxluq: u yengil tezlanishlar hamda keskin rivoklar soni bo‘yicha ligada tengsiz bo‘ldi. Bundan tashqari, u rivoklar orqali bosib o‘tilgan umumiy masofa, ularning soni va yengil tezlanishlardagi masofa bo‘yicha liganing eng yaxshi 5% futbolchilari qatoriga kiradi.
Xullas, agentlar uning aynan APL jamoasi uchun juda asqotishi mumkin bo‘lgan kuchli jihatlarini to‘g‘ri ko‘rsatib bera olishdi. Boz ustiga, yoshi ham keyinchalik yanada o‘sishga erishish uchun ayni muddao.
Liga 1 klublari futbolchilarni arzon garovga olib, keyin pullab yuborishni hadisini olgan deb ko‘p gapiramiz. Ammo bu borada «Tuluza»ni kamdan-kam eslaymiz. Vaholanki, bunga qadar klub tarixidagi eng qimmat xarid Uesli Said uchun to‘langan 8 mln yevro edi, qolgan transferlarning aksariyati esa 5 mln yevrodan oshmagan.
Emersonning sotilishi «Tuluza» uchun rekord darajadagi kelishuvga aylanadi: bundan oldingi rekord «Vest Xem»ga 25 mln yevro evaziga o‘tgan Issa Diopga tegishli edi. Ehtimol, RedBird Capital Partners tarkibidagi boshqa klublar ham maksimal foyda keltirishlari uchun futbolchilar va agentlar bilan qanday ishlash kerakligi borasida «Tuluza»dan saboq olishsa yomon bo‘lmasdi.
Emerson «Tuluza»ga qarshi bo'lajak bahs, jamoaning o'yin uslubi va mavsumdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
🎙️ Emersonning «Tuluza»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumani
— «Gavrl»ga qarshi o'yin yakuni haqida:
Bu 70 daqiqa davomida yaxshi o'ynagan o'yinimiz edi. So'nggi 15 daqiqada esa hamma narsa o'zgardi. Futbolda ko'p narsani ko'rganman, ammo bu oxirgi o'yin — aqlga sig'maydigan va tushunarsiz holat. Biz o'yinni qayta ko'rib chiqdik va jamoa sifatida 90 daqiqa davomida kamtar bo'lib, o'yinga jiddiy yondashishimiz kerakligini tushundik.
— Yaqinlashib kelayotgan o'yinlar haqida:
Bu hafta bizni juda muhim uchta o'yin kutib turganini bilamiz. Ammo hozir faqat yakshanba kungi «Tuluza»ga qarshi o'yin haqida o'ylash kerak. Keyin esa «Bayer» haqida o'ylash mumkin bo'ladi. Yakshanba kuni uyda o'ynaymiz, yana bir g'alabaga erishish imkoniyatimiz bor. Biz g'alaba haqida o'ylashimiz va aynan shu o'yinga diqqatni qaratishimiz kerak.
— Yaqindagi golli uzatmalari haqida:
Hammaga ma'lumki, maydondagi asosiy vazifam — ishonchli o'ynash va jamoaga gol o'tkazib yubormaslikda yordam berish. Ammo hujumda yordam berish imkoniyati tug'ilsa, buni bajaryapman. Ustuvor vazifam — jamoaga g'alaba qozonishda yordam berish, shaxsiy yutuqlar haqida o'ylamayman.
— Payshao bilan munosabatlari haqida:
Igor va men yaxshi do'stlarmiz, maydonning bir tomonida o'ynay olishimiz biz uchun katta omad. Bu katta plyus. Unga hujumda yordam berishga harakat qilaman, u esa mudofaada menga juda katta yordam beradi. Tajribam undan biroz ko'proq, shuning uchun unga yordam berishga urinaman. Mavsum boshlanishi uning uchun biroz qiyin kechdi, ammo endi biz yana o'zimiz bilgan o'yinchini ko'ryapmiz. U bundan buyon faqat o'sishda davom etishini kutgandik.
— «OM»ning boshlang'ich tarkibi haqida:
Kamissoko va Nnadi bilan o'ynaganda, ularning xarakteristikalari masalan, Abdelli yoki Xoybyergnikidan farq qilishini ko'ryapmiz. Ular jismonan baquvvatroq. Murabbiy o'yinchilarni optimal pozitsiyalarga joylashtirish yo'lini topmoqda va biz ularning mahoratini ko'ryapmiz. Yarim himoyada tanlovimiz yaxshi, u yerda yana Kondogbiya ham bor.
— Mavsum boshlanishi haqida:
Men har doim bir xil ishlaganman. Ba'zida yomon o'yin o'tkazasan, uch kundan keyin esa yana maydonga tushasan. Menda har doim shunday ruhiy kuch bo'lgan. Mavsum boshida bir nechta yaxshi o'yin o'tkazdim deb o'ylayman, ammo g'alaba qozonmasang, tanqidlar boshlanadi va qiyinlashadi. Bu haqda o'ylamaslikka va bor kuchimni berishga harakat qilaman. G'alaba qozonganingda maqtash osonroq va hamma yaxshi so'zlar topadi. Mening rolim — jamoaga g'alaba qozonishda yordam berish va muxlislarimizga quvonch ulashish.
— Burchak zarbalarini ijro etish roli haqida:
Burchak va jarima zarbalarini har doim ijro etganman, ammo qarorni murabbiy qabul qiladi. Bu yil buning uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'ldim. Buni kuchli jihatlarimdan biri deb bilaman va burchak zarbalarim bilan jamoaga yordam berishga umid qilaman.
— O'yin haqida:
Bu muhim o'yin, chunki chempionatda ketma-ket uchta g'alabaga erishdik. Bu muhim o'yin, chunki u uyda o'tadi va undan keyin tanaffusgacha ikkita safar o'yini kutib turibdi. «Tuluza» — turnir jadvalida bizga yaqin turgan jamoa, o'yin qiyin bo'ladi, xuddi ularga qarshi oxirgi ikki o'yinimiz kabi. Ushbu uch ochkoni qo'lga kiritish juda muhim.
— Terma jamoa haqida:
Italiya terma jamoasi uchun o'ynashga har doim tayyor bo'laman. U bilan ajoyib damlarni o'tkazdim, Yevropa chempionligini yutdim. Hozir «OM»dagi ishimga diqqatni qaratganman, agar yana chaqirishsa, juda xursand bo'laman. Ammo boshqa tomondan, uchta jahon chempionatini o'tkazib yuborgandan keyin o'zgarishlarni xohlash — bu tabiiy hol. Agar yana chaqirishsa, juda xursand bo'laman.
— Jenezioning jamoa bilan ishlash yondashuvi haqida:
Men kelganimdan beri bu yerda De Dzerbi bor edi, u bilan ishlash juda tig'iz edi. Jenezio bilan esa hamma narsa boshqacha. Bu De Dzerbi yomon murabbiy degani emas, shunchaki yondashuvlari har xil. Jenezio xotirjamroq, muvozanatli va balki katta murabbiylik tajribasiga egadir. Mavsum boshida o'yinlarda yutqazganimizda ham u bizga bo'lgan ishonchini yo'qotmadi, bu juda muhim. Albatta, futbolda natijalar katta ahamiyatga ega ekanligini bilamiz, ammo muvozanatni saqlash yanada muhimroq deb hisoblayman. Hozir chempionatda uchta g'alabaga erishdik va bu ham murabbiy xotirjamlikni saqlab, bizni boshqargani tufaylidir.
«Yuventus» qishki transfer oynasida chap qanot himoyachisini izlamoqda. Nomzodlar orasida «Lion» o'yinchilari ham bor.
Abner «Yuventus» e'tiborini tortdimi?
Yozda «Yuventus» chap qanot himoyachisini qidirgan va xususan, Xuan Kabal ketishi ehtimoli tufayli Nikolas Talyafiko nomzodini ko'rib chiqqandi. Qishki transfer oynasi oldidan chap qanotni kuchaytirish masalasi hamon dolzarb. Qisqa ro'yxatdan Abner va «Lion»ning sobiq o'yinchisi Emerson ham o'rin olgan.
Shekilli, barcha tomonlar bunday rivojlanishga qarshi emasdi. Yozgi transfer oynasi yakunida «Olimpik Lion» va Nikolas Talyafiko bir yo'nalishda harakat qilishayotgandi. Argentinalik futbolchining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgandi va to'rt yillik faoliyatdan so'ng uning ketishi mantiqiy ko'rinardi. Katta maoshdan qutulishni istagan «Lion» rahbariyati «Yuventus» va «Atletiko Madrid» tomonidan bo'lgan «qiziqish»ni ijobiy qabul qilgandi.
Natijada barchasi rejalashtirilgandek bo'lmadi va chap qanot himoyachisi hamon «Lion»da qolmoqda. Pyemontda bunga sabab Xuan Kabalning «Atalanta»ga o'tishi amalga oshmay qolgani bo'ldi — bu argentinalik futbolchining transferi uchun zarur shart edi.
Bu variant uzil-kesil yopildimi? Corriere dello Sport nashriga ishonadigan bo'lsak, shart emas, chunki «Yuventus» qishda chap qanot himoyachisini izlashni o'zining ustuvor vazifalaridan biriga aylantiradi.
Talyafiko hamon qisqa ro'yxatda qolmoqda — uning shartnomasi yakunlanishiga atigi olti oy qoladi. Ammo u yagona nomzod emas. Italiya nashri ma'lumotiga ko'ra, Abner ham ko'rib chiqilayotgan o'yinchilar qatorida, xuddi sobiq lionlik Emerson kabi.
Qolaversa, «Keksa sinyora» yozda Lois Opanda ijara transferi doirasida braziliyalik futbolchining vakillari va «Lion» bilan bog'langani xabar qilinmoqda.
«Ipswich» o'z tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi! Emerson «Portman Roud»da joga bonito namoyish etadimi?
«Ipswich» o'z tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi! Emerson «Portman Roud»da joga bonito namoyish etadimi?
Gari O'Nil uchun barcha ma'nolarda ahamiyatli transfer. «Tuluza»dan kelgan 21 yoshli hujumchi «Ipswich» safiga qo'shilgan ilk braziliyalik futbolchiga aylandi, 24 million funt sterling + bonuslar ko'rinishidagi summa esa klub uchun mutlaq transfer rekordi hisoblanadi.
E'tiborli tomoni shundaki, futbolchini qo'lga kiritish yo'lida «Ipswich» mavsumning boshqa bir yangi jamoasi «Xall»ni ortda qoldirdi. Ular «Tuluza»ga taxminan 22,3 million funt sterling taklif qilishgandi.
Bu yigit kim, deb so'rashingiz mumkin? Ochig'ini aytganda, Emerson Korrea da Silvaning faoliyati bir qarashda unchalik ham hayratlanarli emas.
«Atletiko Paranaense» tarbiyalanuvchisi 2021 yilda klub bilan ilk shartnomasini imzolagan, biroq 2022 yilning oktyabrida tizzasidagi xochsimon bog'lamlarini uzib olib, deyarli bir yilga safdan chiqqandi. 2024 yilda uni Turkiyaning «G'oztepe» klubiga sotishdi, u yerda futbolchi professional faoliyatidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.
Turklar hayron qolgan bo'lsa ajab emas, ammo yarim yildan sal ko'proq vaqt o'tib, uning ortidan «Tuluza» keldi va naq 3,2 million yevro to'ladi.
Liga 1'da Emerson umuman olganda ancha foydali o'yin ko'rsatdi, 7 ta gol urdi, yaxshi baholarga sazovor bo'ldi va eng tezkor «yuguruvchilar» ro'yxatiga kirdi, endi esa hayron qolish navbati fransuzlarga keldi. APLning ikki yangi jamoasi yigit uchun kurashga kirishdi va yakunda «Tuluza» klubda bor-yo'g'i 10 oy o'ynagan futbolchi uchun o'z tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirib, kelgusidagi sotuvdan ham salmoqli ulush olish shartini kelishib oldi.
Mo'jizalar ro'y beradi, asosiysi — ishonish (va yaxshi agentlarga ega bo'lish).
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.