Emerson faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkin?
Emerson faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkin? «Yuventus», «Fiorentina» va «Santos» futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Bir necha kun oldin La Provence nashri Emerson transfer oynasining so'nggi kunlarida yangi variantlarni ko'rib chiqishi mumkinligi haqida yozgandi. Ko'rinishidan, futbolchida variantlar paydo bo'ldi.
Sezar Luis Merlo xabariga ko'ra, «Yuventus» va «Fiorentina» futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, «Santos» klubi ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.