Juma oqshomidagi xavotirli xabarlardan so'ng, Lois Openda va Xalis Mera haqidagi dastlabki yangiliklar ancha ijobiy ko'rinmoqda.
«Lans»ga qarshi bahsda boldir va kichik boldir suyagi sohasida jarohat olgan Openda o'yindan so'ng avtobusga o'z oyog'i bilan yetib oldi. Shunga qaramay, haftaning boshida «Kristal Pelas» bilan o'yin oldidan uning holati qayta tekshiriladi.
Udol tomonidan oyog'ining to'pig'iga butsasi bilan bosib olingan Mera ham «Bollar» stadionini oqsoqlanmay tark etdi.
🎙️ «Vaziyatdan so'ng darhol deyarli hech narsa sezmadim. Nazarimda, jiddiy narsa yo'q, ammo hammasi sovigach, ertaga ko'ramiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!