Luis Openda jarohat oldi. Pavel Shults «Lion» uchun muammoga yechim bo'ladimi?
Pavel Shults: «O'ylaymanki, baribir biz biroz turli pozitsiyalarda o'ynaymiz. Luisning pozitsiyasida Keyto (Nakamura) o'ynayotgandi, lekin agar murabbiyga men shu yerda kerak bo'lsam, demak, shu yerda o'ynayman.
Buni mening qaytishim deb atash mumkinmi? Men buni qaytish deb o'ylamayman, chunki nazarimda, mavsum boshidagi o'yinlarda ham yomon o'ynamagandim. Taxminan 300 daqiqa ichida uchta golli uzatmani amalga oshirdim, shuning uchun men uchun hammasi joyida edi. Lekin men gol urishni xohlayman. Gol urish menga yoqadi, shuning uchun bugun gol urishga muvaffaq bo'lganimdan xursandman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!