Aleksandr Ba jarohat oldi: «Benfika» himoyadagi muammolar bilan qoldi
Aleksandr Ba jarohat oldi. «Benfika» rahbariyatining transfer siyosati Marku Silvani qiyin ahvolda qoldirmoqda.
🤩 Record Portugal:
Aleksandr Ba «Maritimu»ga qarshi o'yinda o'ng yelkasidan jarohat olib, maydonni tark etganidan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tadi.
«Benfika» ayni damda safdan chiqqan o'ng qanot himoyachisi o'rniga Chirkat va Kaminski kabi futbolchilarni moslashtirilgan rolda ishlatishga majbur bo'lmoqda.
«O'ng qanot himoyachisi yo'q» degan iboradan kelib chiqib, Marku Silva Daniel Banjakiga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ishonmayotganini tushunishimiz mumkin. Qiziq vaziyat yuzaga kelmoqda: Amara Dedichni Marku Silvaning istagiga qarshi ravishda sotib yuborishdi, Banjakiga murabbiy ishonmayapti, Ba esa jarohat oldi. Endi Dedichning sotilishi Daniel Banjakiga ko'proq o'yin vaqti berish uchun emas, balki transfer bozoridagi katta xarajatlardan so'ng moliyaviy holatni barqarorlashtirish uchun qilingani oydinlashmoqda. Shu tariqa, klub rahbariyati Marku Silvani mavsumga bitta profil o'ng qanot himoyachisi bilan qoldirmoqda. Aslida Dedichning «Nyukasl»ga sotilishining oldini olish mumkin edi, agar ular Richard Riosni transfer oynasi yopilguncha yuqori narxda ushlab o'tirmay, «Al-Ittihod»ga ijaraga berib yuborishmaganida. Nima ham derdik, Marku Silvaga klub rahbariyati va transfer bo'limidagi bunday «daholar» bilan ishlashda faqat omad va sabr tilaymiz.