⚡️ Nyukasl transfer oynasi yopilgunga qadar Matias Fernandes-Pardoni o'z safiga qo'shib olish g'oyasidan voz kechgani yo'q.
Bugun Fransiyada "qarg'alar" "Lill"ning 60 million funt sterling talabi tufayli muzokaralardan chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, manbalar ma'lumotiga ko'ra, bu hali haqiqat emas. Shu bilan birga, sport direktori Ross Uilson kelajakda Premer-liga va UEFAning moliyaviy qoidalarida muammolar tug'dirishi mumkin bo'lgan bitimni ma'qullamaydi. Yozda klub bunday masalalarni hal qilish uchun katta ish qildi va endi belgilangan transfer byudjeti doirasida harakat qilmoqda.
Craig Hope xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!